O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Tashqi savdoda narx shakllanishining asosiy shakllari.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1.Talab omillari (bozorda o‗xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‗lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo‗naltirilgan narx) 2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda). 3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‗xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‗lgan narxni bilish. Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: - narxlashtirish masalasi qo‗yiladi, - talabi aniqlanadi, - xarajatlari baxolanadi, - raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi, - narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, - oxirgi natijaviy narx o‗rnatiladi. Firma talab chizmasiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini o‗rganib, o‗z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin. 7.2. Tashqi savdoda narx shakllanishining asosiy shakllari. O‗zbekistonda narxni qo‗llab-quvvatlashning asosiy yo‗nalishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: • tovar va xizmatlar eksportini bilvosita soliqqa tortishni kamaytirish tadbirlari; • eksportchilarni eksport tovar va xizmatlarini reklama qilish uchun soliq to‗lovlaridan qisman ozod qilish; • xo‗jalik sudlarida tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan bog‗liq da‘vo arizalari uchun davlat bojlari hajmini kamaytirish; 71 • o‗zbek eksportchilari iltimosiga binoan dastlabki marketing tadqiqotlarini amalga oshirish; • bozor narxlari kafolatlangan darajadan ham keskin pasaygan hollarda davlat budjetidan subsidiya berish shaklida diplomatik qo‗llab-quvvatlashni ta‘minlash. Eksport narxlari shakllanishida davlatning roli mamlakatimizda ishlab chiqariluvchi tovarlarning raqobatbardoshlik ko‗rsatkichlarini oshirishga ko‗maklashishdan iborat. Bunday yordam ko‗pincha yashirin xarakterga ega bo‗ladi. Eksport qilish mo‗ljallangan tovarlar soliqqa tortilmaydi yoki kam miqdorda soliqqa tortiladi. Davlatning narxga ta‘sir ko‗rsatish usullaridan biri demping, ya‘ni tashqi bozorda tovarlarni ichki bozordagi narxdan past narxga – ayrim hollarda mahsulot tannarxidan ham arzonga sotish hisoblanadi. Demping natijasida ko‗riluvchi zarar odatda ichki bozorda monopoliya natijasida olinuvchi juda katta miqdordagi foyda hisobiga qoplanadi. Demping faoliyatida budjet mablag‗lari hisobiga dempingni amalga oshirishga ham misol keltirish mumkin. Ma‘lumki, har qanday eksport narxlarining asosini jahon bozoridagi narxlar tashkil qiladi. Shu sababli jahon narxlarini bilish mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarning tijorat muvaffaqiyati garovi hisoblanadi. Tovarlarning tashqi savdo muomalasi rivojlanishi, ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi (xalqaro miqyosda mehnatning umumlashuvini aks ettiradi) bilan mahsulot qiymati baynalmilal toifaga aylanadi. Ayrim mamlakatlarning milliy mehnatlari jahon xo‗jaligida umumiy mehnatning bir qismi sifatida tan olinadi, xarajatlar esa individual xarajatlar shaklida namoyon bo‗ladi. Ishlab chiqarishning baynalmilal narxi baynalmilal qiymatning o‗zgartirilgan shaklini namoyon etadi. Biroq bozor xo‗jaligida tovar narxi talab va taklif ta‘siri ostida shakllanadi. Sotuvchi har doim o‗z tovarini yuqori narxda sotishga, xaridor esa o‗z navbatida, uni iloji boricha arzon narxda sotib olishga intiladi. Talab taklif mutanosibligi yuzaga kelgandan so‗nggina oldi-sotdi bitimi ishtirokchilarini qoniqtiruvchi narx yuzaga keladi. Shu tariqa, jahon narxi iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan sifatli tovar ishlab chiqarishning pul shaklidagi baynalmilal narxini ifodalaydi. Bundan tashqari, jahon 72 xo‗jaligida narx shakllanishiga dunyoning ko‗plab mamlakatlarida ishlab chiqarish korxonalariga ega bo‗lgan va bir qator mahsulotlarni ishlab chiqarishni monopollashtirishga harakat qiluvchi yirik transmilliy korporatsiya va kontsernlar ham ta‘sir ko‗rsatadi. Narxni oshirish uchun bu kompaniyalar sifat monopoliyasidan foydalanadilar hamda ayrim mahsulot turlariga ishlab chiqarishning baynalmilal narxlaridan farq qiluvchi narxlarni belgilaydilar. Bunday yirik konsernlar tarkibida bo‗linmalar o‗rtasida tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda qo‗llanuvchi transfert narxlaridan foydalaniladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling