O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Reklamaning faol istiqbolli yo„nalishlari. Brending, direkt-marketing


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
MARKETING

9.3. Reklamaning faol istiqbolli yo„nalishlari. Brending, direkt-marketing. 
"Brending" — ma‘lum bir yagona g‗oya atrofida birlashgan, bir xilda 
bezatilgan tovar belgisi, o‗rama, reklama murojaatlari, seylz promoushn materiallari 
va boshqa reklama elementlarining iste‘molchiga birgalikda kuchli ta‘sir ko‗rsatishga 
asoslangan tovarni uzoq muddat afzal ko‗rish hissini hosil qilishga qaratilgan, tovarni 
raqobatchilar o‗rtasida ajratib ko‗rsatishga va uning obrazini barpo qilishga qaratilgan 
faoliyatdir. 
"Brending" yordamida ko‗p narsaga erishish mumkin. Xususan, u 
quyidagilarga imkon beradi: 
• muayyan bozorda rejalashtirilgan sotuv hajmini qo‗llab-quvatlash hamda bu 
bozorda iste‘molchilar ongida tovar yoki tovarlar oilasi obrazini yaratish va 
mustahkamlash bo‗yicha uzoq muddatli dasto‗rni amalga oshirish; 


94 
• tovar assortimenti va jamoaviy obraz yordamida joriy qilinuvchi o‗ziga xos 
xislatlar haqidagi bilimlarni kengaytirish natijasida foydalilikni oshirish; 
• reklama materiallari va kampaniyalarida tovar ishlab chiqarilgan mamlakat
mintaqa va shahar madaniyatini aks ettirish, tovar yo‗naltirilgan iste‘molchilar 
so‗rovlari hamda tovarni sotish mo‗ljallangan hududning o‗ziga xosliklarini hisobga 
olish; 
• reklama doirasiga murojaat qilishda uchta muhim omil – tarixiy ildizlar
bugungi kungi voqelik va kelajak bashoratlaridan foydalanish. 
"Direkt-marketing"ning mohiyati reklama agentliklari vositachiligida tovar 
ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‗rtasida uzoq muddatli o‗zaro manfaatli va 
rivojlanib boruvchi hamkorlikni o‗rnatishdan iborat. 
Direkt-marketing 
sohasida 
reklama 
agentliklari 
faoliyatining 
asosiy 
yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
- istiqboldagi xaridorlarni ular bilan bevosita ikki tomonlama aloqa o‗rnatish 
uchun shaxsan ajratish; 
- ushbu xaridorlar bilan muntazam aloqani qo‗llab-quvvatlash; 
- tovar va xizmatlarning yangilangan takliflari hamda yanada samaraliroq 
reklama murojaatlarini sinab ko‗rish yo‗li bilan olinuvchi foyda miqdorini oshirish. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling