Import
35,7
42,5
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal
rivojlanishida, avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli
darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada
2009 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 8 dan 7 foizga
pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori
o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi (1.5.2-rasm).
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик
субъектлари учун белгиланган солиқ
ставкалари
38
31
15
8
7
0
10
20
30
40
1996
2000
2005
2009
2010
йиллар
ф
ои
з
1.5.2-rasm.
Chizmadagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1996-2010 yillar mobaynida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 dan 7
foizgacha, ya’ni 5,4 marta qisqargan.
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-
quvvatlash tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, 2009 yil davomida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 850 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi
(1.5.3-rasm).