O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet133/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Qisqa xulosalar
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining ish faoliyati ularning moliyaviy
faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama
faoliyati natijalarini aks ettiradi. Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini
ifodalovchi ko’rsatkichlardan asosiysi foyda xisoblanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul
yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga
olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kreditning quyidagi asosiy shakllari mavjud: tijorat krediti; bank krediti; iste’mol
krediti; davlat krediti va xalqaro kredit. Kreditlarning foiz stavkalar mamlakatning
ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlaning foiz stavkalari esa
jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Unga xalqaro moliya bozoridagi
holatlar bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalarida samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar
hisoblanadi: ilg’or texnologiya va uskunalardar foydalanish; xomashyo va
materiallarning yangi turlarini qo’llash; asosiy fondlardan unumli foydalanish;
mehnatni tashkil etishning samarali usullarini qo’llash; xorij firmalarining ilg’or
tajribalaridan foydalanish va h.k.
Nazorat va mulohaza uchun savollar


1. Korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlarini


hisoblash yo’llarini tushuntirib bering.
2. Korxona foydasining nechta turi mavjud?
3. Korxona foydasi qanday aniqlanadi?
4. Korxonalarning moliyaviy xarajatlari qanday tasniflanadi?
5. Korxonaning o’z mablag’lari deganda nima tushuniladi?
6. Kredit qanday vazifalarni bajaradi va uning roli?
7. Kredit qanday turlarga bo’linadi?
8. Kreditning qanday shakllari mavjud?
9. Tijorat krediti deganda nimani tushunasiz?
10. Xalqaro kreditlar deganda nimani tushunasiz?
11. Kreditlarning foiz stavkasi qanday aniqlanadi?
12. Kreditlarning foiz stavkasi qanday omillar ta’sirida o’zgaradi?
13. Kichik korxonalar faoliyati iqtisodiy samaradorligining mohiyati nimadan
iborat?
14. Samaradorlikni aniqlshaning qanday ko’rsatkichlarini bilasiz?
15. Nima uchun foyda eng muhim umumlashtiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi?
16. Foydaning qanday turlari bor va ular qanday aniqlanadi?
17. Korxona ishining rentabelligi qanday hisoblanadi?





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling