O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet134/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari
to’g’risida»gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni. “Xabarnoma” jurnali,
2005 yil, 2-son.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari
tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini tako-millashtirish va uni noqonuniy
talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida»gi 2005 yil 15 iyundagi
PQ-100-son qarori. “Xabarnoma” jurnali, 2005 yil, 2-son.
3. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010.
4. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
Moliya-iqtisod, 2008.
5. Qosimova M.S., Samadov A,N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005.
6. Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik
biznesni boshqarish: O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2003.
7. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye
posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008.
8. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.
9. Malыy biznes. Organizasiya, ekonomika, upravleniye: Ucheb. posobiye
dlya vuzov / Pod red. prof. V.Ya.Gorfinkelya, V.A. Shvandara. – 2-ye izd., prereb.
i dop. –M.: YuNITI-DANA, 2008.




9-bob. TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYaTI 
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi 
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga
bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar,
ayniqsa, chet ellik hamkasblari – biznesmenlar doirasida umumaxloqiy
me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning
yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik
qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam
tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim.
Arastu (Arestotel) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq to’g’risida gapirib: “Axloq –
nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga
yordam beradi”, - degan edi. Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik
salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat
tuyg’usi, iymon, halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek
insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko’rib
chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda,
ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning
alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo’llaniladi.
“Biznesmenlarning axloq kodeksi” birinchi marta AQShda 1913 yili ishlab
chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul
qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi usul
va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi
belgilangan.
Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada
turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajribasiga
asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo’lgan
quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling