faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko’z oldingizga
keltiring;
to’xtatib bo’lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o’zingizni tiying;
o’z fikringizni ishonchli va batafsil bayon ayting;
o’z g’oyangizni izchillik
bilan bayot eting;
ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so’zlaringiz
dona-dona va ravon
bo’lsin;
qarshi tanbeh hollarda o’zingizga nisbatan tanqidiy yondashing;
shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi farqni
biling;
savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo’lsin;
muammo muhokamasini aniq
yechim bilan tugating;
ishni qalashtirmang, zudlik bilan ko’rsatma bering;
suhbatdoshingizni yumushi o’zi uchun o’ta muhim ekanligini unutmang.
Qabulingizda bo’lgan shaxsning muammosini hal etishga imkoniyat
bo’lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik bilan
ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida eting.
Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda
quyidagi qoidaga rioya
qilsangiz, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi:
Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik.
Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat.
Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.
Tanqid chog’ida – o’zini tuta bilish.
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday
masala yuzasidan kishilarni
qabul qilishi aniq belgilab qo’yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra,
qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni o’rgatishi
lozim. Agar rahbar o’zi taklif etib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan
xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirishi
lozim,
suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini kamsitish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: