O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet80/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Ўзбекистон Республикасидаги 
банкларнинг таркиби (2010 йил 1 
январь ҳолатига)
3
13
9
5
0
2
4
6
8
10
12
14
Давлат банклари
Акциядорлик тижорат
банклари
Хусусий банклар
Хорижий капитал
иштирокидаги банклар
дона
6.1.1-rasm.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o’z navbatida
ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va umumiy kapital
hajmiga ham sezilarli ta’sir etmoqda (6.2.1-jadval).
6.2.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va
umumiy kapitali, mlrd. so’m
Ko’rsatkichlar
2005 y. 2006 y. 2007 y. 2008 y. 2009 y.
Kreditlar
3876,0
4104,2
4777,6
6374,4
8558,2
Depozitlar
1688,7
2544,5
3829,2
5771,6
8703,1
Shu jumladan:
- yuridik shaxslar depozitlari 1239,2
1866,2
2834,6
4127,6
5953,2
- jismoniy shaxslar
depozitlari
449,5
678,3
994,6
1644,0
2749,9
Umumiy kapital
930,9
1070,1
1502,6
2104,3
3010,4
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2005-2009 yillar mobaynida tijorat
banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali
3,2 marta oshgan.
Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Bu esa banklar
monitoringi bilan shug’ullanadigan xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan


xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir.


Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank tizimining 90 foizdan ortig’ini tashkil
etadigan 14 ta tijorat banki «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting
bahosini olishga muvaffaq bo’ldi.
Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar
hisobraqamlaridagi mablag’lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo’lib, bu
ularning to’liq himoyasi va to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishini
kafolatlaydi.
Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to’lovlar bo’yicha
joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko’pdir. Boshqacha aytganda, respublikamiz
bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan.
Bank tizimining mustahkamlanishi va unga nisbatan aholi ishonchining
ortishi natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Faqat o’tgan
yilning o’zida aholi omonatlari miqdori 1,7 barobar oshdi (6.2.2-rasm).
Rasmdan ko’rinadiki, 2003-2010 yillar mobaynida aholi daromadlari hajmi
16 barobardan ko’proq oshgan. Keyingi yillarda banklarning kredit portfeli tarkibi
tubdan o’zgarib bormoqda. Agar 2000 yilda kredit portfelining qariyb 54 foizi
tashqi qarzlar evaziga shakllangan bo’lsa, 2009 yilda banklarimiz jami kredit
portfelining 84 foizi ichki manbalar hisobidan shakllantirilgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling