O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


йилда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик


Download 0.73 Mb.
bet89/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

2010 йилда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик 
корхоналарига кредит ресурслари ажратиш 
миқдорининг ўсиши, баробар
1,3
1,4
1,25
1,3
1,35
1,4
1,45
Микрокредитлар ҳажми
Кредит ресурслари ажратиш
миқдори
6.5.3-rasm.




6.6. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, ulardan
olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O’zbekiston
Respublikasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar
to’g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy byudjetlarga soliqlar
to’laydilar.
Soliqlar byudjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy
munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar)
bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi.
Soliqlar, avvalo, davlatning vazifalarini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash
zarurligidan kelib chiqadi.
Davlat oldida turgan umumiy-ijtimoiy zaruriy vazifalarga hozirgi sharoitda
quyidagilar kiradi:
- aholining kam ta’minlangan tabaqalari (talabalar, nafaqaxo’rlar, nogironlar
va boshqalar)ni ijtimoiy himoya qilish;
- mamlakat mudofaasini ta’minlash;
- mamlakat fuqarolarining tinch mehnat qilishi va erkin yashashi
muhofazasini ta’minlash;
- mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlar (maorif, sog’liqni
saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqalar)ni amalga oshirish;
- xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni o’rnatish;
- bozor infratuzilmasini yaratish va hokazo.
Bu vazifalarni amalga oshirish nihoyatda ko’p moliyaviy resurslarni talab
etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslarni faqat soliqlar va soliq xarakteriga
ega to’lovlar orqali amalga oshirish mumkin.
Amaldagi qonunchiliklarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi hududida
soliq va yig’imlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va
bekor qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va yig’imlar amal qiladi:
- umumdavlat soliqlari;
- mahalliy soliq va yig’imlar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling