O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик
субъектлари учун белгиланган солиқ ставкалари 38 31 15 8 7 0 10 20 30 40 1996 2000 2005 2009 2010 йиллар ф ои з 6.6.1-rasm. Rasmdagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1996-2010 yillar mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 dan 7 foizgacha, ya’ni 5,4 marta qisqargan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes subyektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag’batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va Maktab ta’limi jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lash o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etildi. Mazkur farmonga binoan, yagona soliq to’lovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha har chorakda to’lanishi belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad (foyda) solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, ekologiya solig’i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilindi. To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari: - 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha – 3 yil muddatga; - 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha – 5 yil muddatga; - 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda – 7 yil muddatga beriladi. Shuningdek Farmonda ko’rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilab qo’yilgan: - mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalar – Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish; - xorijiy investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish; - korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim; - ushbu korxonalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni kiritish; - xorijiy investisiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish; - mazkur imtiyozlarning qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investisiyalashga yo’naltirish. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling