O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
Konsalting – bu ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning qurilish materiallari
sanoatidagi qurilish-montaj tashkilotlari va korxonalariga barcha iqtisodiy masalalar, shu jumladan ularning tashqi iqtisodiy faoliyati bo’yicha maslahatlar bera oladigan maqsadli faoliyatidir. Qurilish majmuasida konsalting kompaniyalar qurilish xizmatlari va materiallari bozorini tadqiq qilish va bashorat qilish; jahon bozorlari, birinchi navbatda yaqin davlatlar bozori kon’yunkturasini tadqiq etish; investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish; qo’shma korxonalarni barpo etish va boshqalar bilan shug’ullanadi. Injiniring va konsalting kompaniyalaridan farqli ravishda 1999 yildan boshlab respublikada lizing kompaniyalari ham rivojlana boshladi. Ushbu kompaniyalarning rivojlanishiga 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi 756-I-son qonuni (2016 yil 27 dekabrda o’zgartishlar kiritilgan), shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 41 oktyabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish” to’g’risidagi 462-son qarori muhim turtki bo’ldi. Mazkur qonun va qarorlarning qabul qilinishi munosabati bilan qurilish-montaj tashkilotlarining ob’ektlarni to’liq bitkazgunga qadar bo’lgan muddatga qurilish texnikalari va mashina- mexanizmlarini chetdan jalb etish bo’yicha imkoniyatlari yanada kengaydi. Qurilish-montaj tashkilotlarining texnikalardan oqilona foydalanish va ularni ekspluatatsiyasi bo’yicha barcha rejimlarga rioya etish bo’yicha mas’uliyatlari yanada oshdi. Lizing kompaniyalarining muvaffaqiyatli rivojlanishida davlat tomonidan har tomonlama o’ylab berilgan barcha preferentsiya va imtiyozlar muhim hisoblanadi. Lizing to’lovlari qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qiindi; mamlakatga olib kelinayotgan texnologik uskunalar boj to’lovi va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – lizing oluvchilar esa lizing shartnomasi muddati davomida mol-mulk solig’idan ozod qilindi. Lizing, boshqa faoliyatlarga nisbatan tashqi savdo, kredit va investitsiya jarayonlarining barcha elementlarini o’zida birlashtiruvchi investitsion va tadbirkorlik faoliyatining yangi va istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, lizing mazmun-mohiyati jihatidan mol-mulklar sotib olingandan keyin, ularni keyinchalik jismoniy yoki yuridik shaxslarga ma’lum bir mablag’ evaziga hamda aniq muddat va shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishda paydo bo’ladigan mol-mulk va iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Qurilishda ko’chuvchi va ko’chmas mulk lizinglarini ajratish kerak bo’ladi. Ko’chuvchi mulk lizingi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: transport vositalari, qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, mobil zavodlar, hisoblash texnikasi vositalari. Ko’chmas mulk lizingi ob’ektlariga esa ishlab chiqarishga mo’ljallangan bino va inshootlar kiradi. Bozor sektori bo’yicha lizinglar ichki va xalqaro turlarga bo’linadi. Muddati jihatidan lizinglar uzoq muddatli (3 yil va undan ortiq), o’rta muddatli (3 yilgacha) va qisqa muddatli (1,5 yilgacha) bo’ladi. Amaliyotda mazkur lizing turlarining barchasi tarqalgan bo’lib, ular mos ravishda qonun osti va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan. 42 Lizing kompaniyalari, tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi, bunda lizing loyihasining barcha shartlari to’liq o’rganiladi. Lizing loyihalarini kompleks ekspertiza qilish lizing bitimlarini tuzishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon murakkab bo’lib, uning ko’p elementlari respublika sharoitida yetarlicha rivojlanmagan hamda chuqur o’rganilmagan. Loyiha ekspertizasi - marketing tadqiqotlari, axborot ta’minoti, texnika va moliya ekspertizasi, tavakkalchilikni baholash, shartnomaviy narxlarni to’g’ri aniqlash va loyiha qiymatini hisoblash kabi ishlarning o’tkazilishini ko’zda tutadi. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirokorlikni rivojlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, bunda asosiy e’tiborni sohada raqobat muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida kabi, qurilish sohasida ham raqobat muhitini rivojlantirish mexanizmi asosida ko’zlangan natijalarga erishish mumkin. Buning uchun qurilish sohasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatini rivojlantirish, aktsiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarini boshqa mulk shakllardagi korxonalarga aylantirish jarayonlarini takomillashtirish, sohada xizmat qiluvchi yangi tuzilmalarni, ayniqsa konsalting, injiniring, lizing va ijara firmalari hamda kompaniyalarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli darajadagi qulay huquqiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarni yaratish talab qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, xo’jalik yuritish mexanizmini davlat bevosita belgilaydigan tarmoqlar “boshqariladigan” tarmoqlar deb yuritiladi. Bunday tarmoqlar tarkibi turli mamlakatlarda turlicha bo’lsa-da, ko’plab mamlakatlarda, masalan AQShda boshqariladigan tarmoqlar jumlasiga temir yo’l, aviatsiya va transportning boshqa turlari, bir qator yoqilg’i-energetika, gaz ta’minoti, elektr quvvati va ko’plab turdagi kommunal xizmatlar va boshqalar kiradi. Milliy iqtisodiyotda monopoliyaga qarshi muammolarni hal etish unda yuz berayotgan xo’jalik jarayonlariga davlat ta’siri vositalarining muayyan tizimidan 43 foydalanishni taqozo etadi. Ushbu tizimning asosiy tashkil etuvchilari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling