O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Mehnatning fond bilan qurollanganligi -


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Mehnatning fond bilan qurollanganligi - bir nafar ishchiga bo’lgan 
hisobda asosiy ishlab chiqarish fondlarining miqdori. Mehnatning fond bilan 
qurollanganligi ortishi mehnat unumdorligi o’sishiga shart-sharoit yaratadi. 
Мehnatning energiya bilan ta’minlanganligi - bu qurilish tashkiloti asosiy 
ishlab chiqarishdagi bir nafar ishchi mehnatining elektr dvigatellari va elektr 
apparatlari quvvati bilan jihozlanganligini tavsiflovchi ko’rsatkich. 
Me’yorlar - mehnatni me’yorlash va tashkilotning ishlab chiqarish-xo’jalik 
faoliyatini rejalashtirishda qo’llaniladigan ish vaqti, moddiy va moliyaviy 
resurslarning hisob-kitob qilingan miqdorlari. 
Moddiy-texnika ta’minoti - qurilish korxonalari, tashkilotlari va
xo’jaliklarini xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyum va 
konstruktsiyalar, shuningdek ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun 
mo’ljallangan texnik resurslar bilan ta'minlash jarayoni. 
Muomala fondi - doimiy ravishda qurilish korxonasi tasarrufida bo’lgan pul 
mablag’lari (joriy hisobda); muomalada bo'lgan pul mablag’lari; tayyor 
mahsulotda gavdalangan, hali xaridor tomonidan to’lanmagan pullar; to’lovlarni 
rasmiylashtirish jarayonida bo’lgan mablag’lar. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlar - qurilish korxonasi mahsulotlarini 
yaratishda ishtirok etmaydigan, lekin aholi, jumladan qurilish korxonalari 
xodimlarining milliy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan: turar 
joy binolari, madaniy-maishiy ahamiyatga ega bo’lgan bino va jihozlar, sport 
inshootlari va h.k. 
Qurilishning fond sig’imi – pulda ifodalangan qurilish mahsuloti va
qurilish-montaj ishlari birligiga to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari 
miqdori. 


188 
Qurilishning energiya bilan ta’minlanganligi - qurilish mashina va 
mexanizmlari dvigatellari umumiy quvvatinining qiymat shaklidagi bajarilgan 
qurilish ishlari umumiy hajmiga bo’lgan nisbati. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling