O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Qurilish iqtisodiyoti - bu qurilish sohasida ishlab chiqarish munosabatlari 
rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro 
aloqa va o’zaro ta’sirini o’rganadigan iqtisodiy fan. 
Qurilish korxonasi - qurilish, xususan ilmiy, eksperimental, qidiruv va 
loyiha ishlari, xom ashyo resurslarini qazib olish va ularni qayta ishlash, 
materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni tayyorlash, barcha turdagi bino va 
inshootlarni qurish hamda transport xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat 
yurituvchi korxona. 
Qurilish korxonasi mahsulotlari - qurilish korxonasi faoliyati natijasida 
yaratilgan moddiy boyliklar. 
Qurilish korxonalarining aylanma mablag'lari – mehnat predmetlariga 
qo’yilgan va muomaladagi pul mablag’lari umumiy miqdori. Aylanma mablag’lar 
har bir ishlab chiqarish jarayonida to’liq sarflanadi, qurilish korxonasi 
mahsulotlarida mujassamlanadi va ushbu mahsulotlarni amalga oshirish hamda 
sotishda tiklanadi. 
Qurilish maydonchasi – barpo etilayotgan ob’ektning asosiy inshootlari, 
qurilish uchun zarur bo’lgan vaqtinchalik bino va inshootlar, ichki yo’llar, tarmoq 
va kommunikatsiyalar joylashgan hudud. 
Qurilishni tashkil etish loyihasi - qurilishning umumiy vaqtini, oraliq 
qurilish muddatlarini, kapital qo’yilmalarni taqsimlashni va qurilish-montaj ishlari 
hajmini, moddiy-texnika va mehnat resurslarini, ularning manbalarini, qurilish-
montaj ishlarining asosiy bajarish usullarini va qurilishni boshqarish tizimini 
belgilaydigan qurilish ob'ekti loyihasining ajralmas qismini tashkil etadi. 
Qurilish tashkilotlari - bino va inshootlarni barpo etish, rekonstruktsiya 
qilish 
va 
kapital 
ta’mirlash, 
asbob-uskunalarni 
montaj 
qilish 
bilan 
shug’ullanadigan qurilish korxonalaridir. Qurilish tashkilotlarining asosiy tashkiliy 
shakllari: mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati, kompaniya, 


189 
qurilish boshqarmasi, qo’shma qurilish korxonasi va boshq. Qurilish tashkilotlari 
bosh pudratchi yoki subpudratchi sifatida ishtirok etishi mumkin. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling