O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Mehnat unumdorligibu ishlab chiqarish jarayonida sarflangan mehnat 
samaradorligini belgilovchi ko’rsatkichdir. Mehnat unumdorligiga mumiy 
tushuncha bera turib, aytish mumkinki, mehnat unumdorligi mahsulot miqdori 


127 
bilan aniqlanadi, ya’ni ishchilar tomonidan vaqt birligida yaratiladigan iste’mol 
mollarining miqdori bilan o’lchanadi. 
9.2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari 
 
Omillarbu harakatlantiruvchi kuch va biron – bir jarayon va hodisaga 
ta’sir ko’rsatuvchi sababdir. Mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatish xarakteri va 
darajasiga bog’liq ravishda omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
moddiy – texnik, tashkiliy – iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy, 
xususiy. 
Moddiy-texnik omillar yangi texnika, ilg’or texnologiyalar, xom-ashyolar 
va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog’langandir. Ishlab 
chiqarishni takomillashtirishga quyidagilarni amalga oshirish bilan erishish 
mumkin: 
jihozlarni modernizatsiyalash; 
ma’naviy eskirgan jihozlarni ancha unumdor bo’lgan yangi jihozlarga 
almashtirish; 
ishlab chiqarish mexanizatsiyasi mavqeini oshirish orqali: qo’lda 
bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, kichik mexanizatsiya vositalarini 
keng tadbiq qilish, uchastkalar va tsexlarda bajariladigan ishlarni kompleksli 
mexanizatsiyalashtirish; 
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; 
yangi ilg’or texnologiyalarni qo’llash; 
xom-ashyolar yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish. 
Ilmiy-texnik taraqqiyotni mehnat unumdorligini har tomonlama oshirishning 
bosh manbai sifatida ko’rib chiqish taqoza etiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida fan-
texnika taraqqiyoti yutug’larini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish 
investitsiyalar ajratilishini talab etadi, birinchi navbatda amaldagi ishlab 
chiqarishni rekonstruktsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga 
investitsiyalarni jalb etish maqsadga muvofiqdir. 


128 
Moddiy–texnik omillarning juda muhimligi, ularning moddiylashgan mehnat 
iqtisodiyotini ta’minlashi bilan izohlanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling