O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- tovar – xom-ashyo birjasi orqali;  -


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

- tovar – xom-ashyo birjasi orqali; 
- bevosita aloqada bo’lish (to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish orqali); 
- auksionlar, tanlovlar; 
- homiylik; 
- xususiy ishlab chiqarish va boshqalar. 
Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashning konkret shaklini qurilish 
tashkiloti ularning o’ziga xos jihatlari, ularni olishning davomiyligi (muddati), 
berilgan takliflar soni, hamda rusurlar sifati va narxi hamda boshqa omillardan 
kelib chiqqan holda tanlaydi. Qurilish ishlab chiqarishini resurslar bilan ta’minlash 
shaklini aniqlashda yetkazuvchining ishonchliligi hamda ishlab chiqarilayotgan 
konstruktsiyalar, buyumlar va boshqa materiallar raqobatbardoshlik darajasini 
aniqlash taqoza etiladi. Yetkazuvchilar bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzishda 
ushbu shartnomalar (kontraktlar)da miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari, yetkazib 
berishning konkret shakllari, muddatlari, sanktsiyalari va boshqa talablarni aks 
ettirish zarurligini esda tutish taqoza etiladi. 
Moddiy-texnika ta’minoti bu tashkiliy aloqalar va shartnomalar asosida 
ishlab chiqarish mablag’larini yetkazuvchilar va iste’molchilar o’rtasida bevosita 
yoki vositachi orqali taqsimlash shaklidir. U ishlab chiqarish jamg’armalaridan 
foydalanish, qurilish-montaj ishlari ritmiyligi, tannarx, mehnat unumdorligi, 
qurilishning davomiyligiga va boshqa ko’rsatkichlarga bevosita ta’sir ko’rsatish 
bilan ahamiyatli tarzda ishlab chiqarishning natijaviyligini oldindan aniqlab beradi. 
 


119 
8.4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika 
 
Qurilish majmuasi(kompleksi)ni yaxlit holatda hamda uning tashkil etuvchi 
komponentlarini ko’rib chiqish shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, unga 
ko’ra qurilishni o’zaro bog’langan va o’zaro bog’langan oqimlar jamlanmasini o’z 
tarkibiga kirituvchi tizimga kiritish mumkin. Bu oqimlarning asosiylariga 
quyidagilar kiradi: axborotlar, moddiy- texnika, moliya resurslari va boshqalar 
oqimlari kiradi. 
Ma’lumki, bino va inshootlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, maqbul 
bo’lgan sarf-xarajatlar bilan ularning sifatlarini yaxshilash bo’yicha zaruriy 
natijalarga erishish uchun birinchi navbatda yuqorida ko’rastilgan va boshqa 
iqtisodiy oqimlarni maqbullashtirish va ratsionizatsiyalashtirish talab etiladi. 
Qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarida xususiy va 
o’z maqsadlariga erishish yo’lida jalb etilgan resurslar harakatining o’zaro 
bog’langan hamda o’zaro shart-sharoitlangan jarayonlarini iqtisodiy oqimlar deb 
hisoblash mumkin. 
Qurilishni tizim sifatida birinchi navbatda qurilishni moddiy – texnika 
jihatdan ta’minlash deb qabul qilish joizdir. Har qanday bino va inshootni qurish 
uchun, avvalom bor, yetarli miqdorda qurilish materiallari, konstruktsiyalari va 
buyumlari, xom-ashyo hamda texnologik jihozlar zarur bo’ladi, ularning aniq 
miqdori qurilish-montaj ishlari loyihasida ko’rsatiladi. Qurilish ishlab chiqarishini 
tashkil etish jarayoni bu resurslarning belgilangan hajmda, ko’rsatilgan muddatda 
va tegishli sifatda yetkazilib berilishini ko’zda tutadi. Vatanimiz va xorijdagi turli 
ishlab chiqarishlar bo’yicha to’plangan tajriba shunga o’xshash masalalarni 
yechishda logistikadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. 
Terminologik lug’atda logistikaning quyidagi ma’nosi ifodalangan.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling