O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- moddiy-texnika ta’minoti xizmati, bu xizmat ishlab chiqarish jarayoni
uchun xom-ashyo, yarimfabrikatlar, butlovchi detallarni o’z vaqtida yetkazishni ta’minlash va tartibga solish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari ta’minot va sotish bo’limlari xo’jalik shartnomalari asosida o’rnatilgan xizmatlarni nomenklatura va o’z muddatida hamda belgilangan hajmda bajarilshini ham ta’minlaydi; - materiallar, yoqilg’i, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni joylashtirish va saqlash xizmati, bu xizmat omborxona bilan ta’minlangan bo’lib, ta’minot va sotish tizimi moddiy – texnika bazasi deb hisoblanadi; - tayyor mahsulotlarni komplektlashtirish bo’yicha ishlab chiqarish – texnologik xizmat ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bino va inshootlarni tiklash yig’ma elementlarni kalendar grafik bo’yicha qat’iy ravishda yetkazib berishni talab etadi. SHuning uchun ishlab chiqarish - texnologik komplektlashtirish xizmati qurilish tashkiloti bilan kelishilgan buyumlar va konstruktsiyalarni qa’tiy ravishda sutkali va soatli grafik bo’yicha belgilangan muddatlarda ma’lum miqdorda, nomenklatura bo’yicha yetkazishni ta’minlaydi; - asbob-uskuna xo’jaligi va texnologik jihozlar ta’minoti xizmati. Bu xizmat bo’limi ishlab chiqarishni asbob-uskuna, moslamalar, texnologik jihozlar, yuqori sifatli qoliplar bilan ta’minlaydi. Yuqorida ko’rsatilganlar bilan ta’minlanganlik ilg’or texnologiyani, ko’p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalashni muvaffaqiyatli tadbiq etishni oldindan aniqlab beradi. - ta’mirlash – mexanik ishlab chiqarish xizmati, bu xizmat vazifasi katta va murakkab park jihozlari, mashinalar ishchi holatini ta’mirlash va modernizatsiyalash orqali ta’minlashdan iborat. Qurilish tashkiloti ishi natijalari bu xizmat bo’limining puxta ishlashi bilan keng ma’noda aniqlanadi; - transport jarayonlari xizmati, bu bo’lim qurilish maydoni ichida va uning atrofidagi tashqi maydonda ishlab chiqarish jarayonining bir ma’romda olib borilishi uchun zarur bo’lgan katta massali yuklarni ko’chirishni ta’minlaydi. 116 Ayniqsa alohida jarayonlarni yagona ishlab chiqarish tizimiga bog’lovchi texnologik transport aniq va ritmik ishni talab etadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling