O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
Nazorat uchun savollar
1. “Korxona” va “Tadbirkorlik faoliyati” tushunchalarining mazmun- mohiyatini tushuntirib bering. 2. Tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz ? 3. Tadbikorlik faoliyatining asosiy shakllarini ayting. 4. Qurilish korxonalari turkumlanishi va ular faoliyatining asosiy jihatlari nimalardan iborat? 5. Korxonani har xil parametrlar bo’yicha sinflashtirishlarni ayting. 6. Tijorat va notijorat tashkilotlari farqi nimada? 7. Tijorat korxonalaritturalarini ayting. 8. Qurilish korxonasi faoliyatini amalga oshirishda qaysi bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan foydalniladi? 9. Korxona terminiga ta’rif bering. 10. Korxona mulki manbalariga nimalar kiradi? 11. Davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari va vositalarini tushuntirib bering. VIII BOB. QURILISHNING MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI 8.1. Bozor sharoitida qurilish moddiy-texnika ta’minoti Bozor sharoitida qurilish moddiy-texnika ta’minoti tizimi sanoat va qurilish industriyasi, transport va energetika tashkilotlari, ilmiy – tekshirish, loyiha, o’quv 113 va boshqa muassasalar, xo’jaliklarning tarmoqlariga qaratilgan bo’ladi. U qurilish kompleksini zarur bo’lgan moddiy – texnika resurslari bilan ta’minlashga yo’naltirilgan. Qurilish materiallarining tovarlar bozoridagi vaziyatini umumiy holda baholash bilan shunday to’xtamga kelish mumkinki, korxonalar va tashkilotlar qonunda ko’rsatilgan yetarli darajadagi erkin tadbirkorlik faoliyatini tavsiflaydigan sharoitlarda ishlaydilar: ular boshqarish va davlat hokimiyati tuzilmalariga nisbatan zarur bo’lgan xo’jalik mustaqilligiga egadirlar, amalda barcha resurslarga erkin holatda yondashish imkoniyatlariga ega bo’lib, savdo-sotiq va xo’jalik yuritishda amalga oshiriladigan operatsiyalarda kontragentlarni tanlashda mutlaqo erkindirlar, olinadigan daromadni mustaqil ravishda taqsimlashlari va ishlatishlari mumkin (o’zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda), maksimal foyda olish maqsadida o’zining faoliyat yo’nalishlarini erkin tarzda tanlaydilar. Mavjud bo’lgan ishlab chiqarish quvvati va qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi umuman olganda bu bozordagi talab-ehtiyojlarni to’liq qondiradi. Xo’jalik yuritishning yangi tizimiga o’tish tufayli qurilish tarmog’i uchun materiallar tanqisligi o’tmishda qolib ketdi. Qurilish moddiy-texnika resurslari quyidagilarga bo’linadi: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling