O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
- rasm. Qurilish korxonasi turkumlanishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
7.1. - rasm. Qurilish korxonasi turkumlanishi
Agar korxona davlat yoki munitsipial xususiy mulk bazasiga unitar korxona ko’rinishida asoslangan bo’lsa, u holda mulk egasi o’z-o’zini boshqarish shaklidan foydalanadi. Xususiy mulk egasi bir kishi bo’lgan holda ham o’z-o’zini boshqarish shaklidan foydalanadi. Mulkchilikning aralash shaklida yoki mulk egalarining soni ko’p bo’lganda tashkilotni boshqarishning eng murakkab tuzilmasi shakllanadi, masalan bunga ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatini misol tariqasida keltirish mumkin. 111 Qurilish tashkiloti qurilish (ishlab chiqarish) kooperativi shaklida ro’yxatdan o’tkazilganda va faoliyat yuritganda mehnat jamoasida o’zini-o’zi boshqarish shakli amalga oshiriladi. Xo’jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida o’zini-o’zi boshqarish shakli bilan bir qatorda mulchilik boshqaruv shakli ham keng tarqalgan. O’zini-o’zi boshqarishda tadbirkor, menejmer va mehnat jamoasining funksiyasi mulk egasi tomonidan to’liq hajmda kontsentratsiya qilinadi. Tadbirkorning asosiy boshqaruv funksiyalari kapitalni mulk egasi (mulkdor)dan ajratish natijasida yuzaga keladi va bunday vaziyatda tadbirkor mulk egasi hamda boshqaruvchi sifatida namoyon bo’ladi. Resurslar, kapital va mehnatni birlashtirish amalga oshiriladi. Tadbirkor yakka o’zining mablag’lari, vaqti, mehnati va obro’-e’tibori bilan harakat qiladi (xavf-xatarga qo’l uradi). Menejer funksiyasi odamlarni boshqarish bo’yicha o’zining professional bilimlaridan foydalana olishi bilan belgilanadi. Aralash mulk va mulkning xususiy shakliga ega bo’lgan korxonalarda mehnat jamoasini boshqarish murakkab bo’lmaydi. Bu boshqaruv mehnat kelishuvi (shartnoma, konrakt)ni o’ziga qamrab oladi. Boshqaruv – bu kun tartibi, mehnat ta’tillarini rejalashtirish, rahbatlantirish va mehnat jamoasi xavfsizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va mahsulot sifatini nazorat qilish demakdir. Mehnat jamoasi o’zini-o’zi boshqarishida ham amalda aynan xususiy mulkchilikni boshqarishdagi funksiyalardan foydalaniladi. Davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish - bu tegishli dastaklar va manfaatlar – soliqlar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanilgan holda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy shakllarda namoyon etiladi. Bevosita davlat tomonidan tartibga solish qurilish tashkilotlari ish holatiga ta’sir ko’rsatadigan me’yoriy hujjatlar, holatlar va tadbirlar ishlab chiqilishi va boshqalarda o’z aksini topadi. Bilvosita davlat tomonidan tartibga solish esa soliq, moliya-kredit, amortizatsiya va narx-navo siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida namoyon bo’ladi. Bevosita va bilvosita davlat tomonidan tartibga solishda hamma 112 ishchi-xodimlar hayoti va faoliyatidagi manfaatlarni ifoda etuvchi ijtimoiy sohaga tegishli bo’lgan savol hamda masalalar o’z dolzarbligini hech ham yo’qotmaydi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling