O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Yalpi mahsulot qiymati(narxi) bo’yicha ko’rsatkich


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Yalpi mahsulot qiymati(narxi) bo’yicha ko’rsatkich. Bu korsatkich 
asosida ko’p yillar mobaynida mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi rejalashtirilda 
va hisobga olindi, bu shunisi bilan ajablanarliki, turli korxonalarda va turli yillarda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar qandaydir vaqt holati bo’yicha korxonalarning 
yagona ko’tara narxlari bilan hisoblandi. Bu esa turli yillarda narxlarning 
o’zgarishini belgilash imkonini berdi va bu mezon bo’yicha ko’rsatkichlarni 
taqqoslash (qiyoslash)ga erishildi. Biroq mahsulot narxi nafaqat jonli mehnat 
sarfini o’zida aks ettiradi, balki oldindan kooperatsiya bo’yicha olingan xom-
ashyo, materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, detallar va uzellarni ham o’zida 
aks ettirmog’i lozim. Ancha qimmat bo’lgan xom ashyoning qayta ishlashga 
yo’naltirilishi yalpi mahsulot narxini oshirib yuboradi va shunga mos ravishda 
korxona mehnat unumdorligi ishchilarining qandaydir ishtirokisiz ham oshib 
ketadi.
Yalpi mahsulot qiymatiga shuningdek, tugallanmagan (yakunlanmagan) 
mahsulot narxining farqi ham kiradi. Bu esa korxonalarga yalpi mahsulot narxini 
oshirish imkoniyatini beradi, shu bilan bir qatorda tugallanmagan ishlab chiqarish 
hajmlarini oshirish evaziga mehnat unumdorligi ko’rsatkichi ham oshadi. 
Tovar qiymatining ko’rsatkichi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari 
ta’siridan holidir, lekin bu ko’rsatkich yalpi mahsulot ko’ratkichiga tegishli 
bo’lgan boshqa kamchiliklardan holi emas. 
Sof mahsulot ko’rsatkichi – yangidan yaratilgan qiymat korxonaning 
mahsulot yaratishdagi hissasi to’g’risida to’liq taasurotni beradi, chunki uning 
qiymatiga xom-ashyo, materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar va 
tugun(uzel)larga sraflangan mablag’lar ta’sir ko’rsatmaydi, u amortizatsiya 
chegirmalaridan ozoddir:


133 
P = Z + Pr, (9.1) 
bu yerda: Z – korxona ishchilarining (chegirmalarsiz) to’liq maoshi;
Pr – korxonaning foydasi. 
Sof mahsulot yangidan yaratilgan narxni aniq tavsiflaydi, agar qachonki, 
mahsulot bozor narxlarida ayriboshlansa (sotilsa). Lekin bizning sharoitda 
monomol narxlarning ta’siri katta bo’lib, ular yangi narxlar qo’yilishida 
korxonaning real hissasini aniq ko’rsatmaydi va sof mahsulot uchun narxning 
o’rnatilishi muammoli holatga aylanib qoladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling