O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
Boshqarishning
mehnat unumdorligi o’sishi omillaridan foydalaniladigan tashkiliy-iqtisodiy usullari. Bozor turidagi iqtisodiyotga o’tish boshqarishning mehnat unumdorligini o’stirishga qaratilgan an’naviy yondashuvlarini qayta ko’rib chiqishni talab etadi. Ushbu sohada fan va amaliyot orqali ko’p yillar davomida nimalar to’plangan bo’lsa, hammasining ijobiy va salbiy tomonlarini xolisona baholash zarurdir. Ishlab chiqarishni faqat uning 137 texnik-iqtisodiy mazmuni jihatidan ko’rib chiqilishini butunlay maqsadga muvofiq deb bo’lmaydi. Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy mazmuni, uning omillari bilan bog’liqlikda aniqlanadi. Texnika, texnologiya va materiallarning oshib borayotgan imkoniyatlari mehnatni, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etish ta’siri ostida amaliyotga tadbiq etiladi. Mehnat samarador bo’ladiki, qachonki, uning tashkil etilishi ishlab chiqarish va boshqarishning kompleks tarzda tashkil etilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, lekin bu shart har doim ham bajarilavermaydi. Ishlab chiqarishni tashkil etish – bu, mohiyatiga ko’ra, mehnatning moddiy elementlarining funktsiallashuvini ta’minlash bo’lsa, boshqarishni tashkil etish esa – mehnat munosabatlarining funktsiallashuvidir. Kompleks tashkil etilgan mehnat faoliyatini ish joyiga, tuzilma birligiga va butun korxonaga qo’llash juda muhimdir: bu mehnatni tashkil etishning tor tushunchasidan texnologik faoliyatga o’tish demakdir. Hozirgi vaqtda yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlarning hammasi ham texnik va texnologik parametrlar bilan uzviy bog’langan mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishning puxta tayyorlangan loyihalariga har doim ham ega bo’lavermaydi. SHu sababli mehnatni va ishlab chiqarishni boshqarishning tashkil etilishi darajasi hamda bir xil sharoitlarda ishlayotgan, aynan bir xil jihozlar (dastgohlar)da bir xil mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxona ishchilarining soni tez-tez bir-biridan sezilarli ravishda farq qilib turadi. Inson omilini faollashtirish va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish – bu muvozanatlashuvchanlik va ishlab chiqarish omillari dinamik rivojlanishining o’zaro bog’langan muammolaridir. Ijtimoiy omillarning rolini kuchaytirishni hisobga olmasdan turib mehnat samaradorligi muammosini yechish mumkin emas. Faqat shuni inobatga olgan vaziyatdagina ikkita o’zaro bog’langan masalalarning maqbul yechimlarini topish mumkin bo’ladi: yuqori natijaga ega bo’lgan ishlab chiqarish va tovarlar hamda xizmatlarning raqobatbardoshligi ta’minlanadi va shu bilan bir vaqtning o’zida har 138 bir ishchi-xodimga tegishli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etish yo’li bilan ishchi- xodim-larning ishlab chiqaruvchanligini kengaytirishga erishish mumkin. Mehnat mazmunini aniqlashda, uning ustuvor qadr-qimmati tan olinishi, yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini belgilab beradi. Ulardan oxirgisi, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish ayniqsa qurilish ishlab chiqarish sohasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnatni juda ham tor darajadagi bo’limlarga ajratishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik kerak, ishchi-xodimlarga mehnat funktsiyalarini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etish, kasblarni qo’shish, boshqaruvda ishtirok etishlarini, texnologiyani insonga va insonni texnologiyaga o’zaro moslashuvini ta’minlash zarur. Bozor munosabatlari sharoitida yuqori professional ishchi-xodimlarni jalb etishning egiluvchan shakllarini ta’minlash taqoza etiladi. Har bir ishchi-xodimni nafaqat uning professional sifatlari nuqtai-nazaridan, balki uni insonga xos bo’lgan indivudial fazilatlar va ehtiyojlar bo’yicha ham baholash alohida muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib, mehnat faoliyatini tashkil etishni mehnatning ichki bozorida shakllanayotgan personaldan ajratib bo’lmaydi. Korxonada mehnat faoliyatini tashkil etish yuqori tashabbuskorlik va faollik darajasiga ega bo’lgan va o’zining ishi uchun har qanday xavf-xatarga yuz tutadigan ishchi-xodimlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog’langandir. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling