O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
10.1-rasm.Tizimning tasniflanishi
Statik tizim - ish tartibini o’zgartirmaydi. Dinamik tizimlarda belgilangan muddatda bino va inshootlarni ishga tushirish maqsad qilib qo’yiladi. Eng kam xarajatlar bilan maqsadga erishish mumkin. Resurslarni qayta taqsimlash oddiy tizimlar - elementlarning kam soni, kam ichki aloqalar bilan tavsiflanadi. Dinamik Oddiy Deterministik Tizim turlari Statik Kichik Oddiy Murakkab 143 Murakkab tizimlar - ko’p elementlar soni va ular orasidagi ko’p aloqalar bilan tavsiflanadi. Qurilish ishlab chiqarishda, ya’ni bino yoki inshootlar qurib bitgunicha buyurtmachi, loyihalovchi va pudratchilar o’zaro aloqada bo’lishadilar. Ba’zi bir tizimlar mavjudki ularni faoliyatini oldindan bilish mumkin, masalan, quyosh tizimida planetalarni harakati. Ular juda aniqlik bilan harakat qilishadi. Bunday tizimlar qonuniyatga asosan vaqt o’tishi bilan o’zgarmas sharoitda bo’ladilar. Buni deterministik tizim deb ataladi. Moddiy ishlab chiqarish va qurilish dinamik tizimlari amalda deterministik bo’lmaydi. Bular ehtimolli tizimlar tarkibiga kiradi. Bunday tizimlar oxirgi mahsulotining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari (mahsulot birligining tannarxi, bajarilgan ishlar hajmi, sotuvdan tushgan tushum, foyda(daromad), ishchilar soni, asosiy fondlarning o’rtacha yillik narxi, ishlab chiqarish rentabelligi, fond qaytimi, fond sig’imi, amortizatsiya, mehnat unumdorligi, ish haqi fondi va boshqalar)ga bosh pudratchining: - tayyorlov korxonalari; - transport tashkilotlari; - tashqi ta’minlovchilar; - moddiy-texnik va ta’minot tashkilotlariga bo’lgqan ta’siri bilan tavsiflanadi. Bu ishlab chiqarish tashkilotlarining har biri o’ziga yarasha tizim bo’lib, ularning o’z maqsadlari, vazifalar va faoliyat rejalari mavjud. Bunday tizimostilarni maqsadga erishish uchun, ularni muvofiqlashtirish juda murakkab vazifa hisoblanadi. Ularning birgalikdagi faoliyati natijasini ba’zi bir ehtimollik darajasi bilan oldindan aytish mumkin. Bular ehtimolli tizimlar deb ataladi. Ma’lumki qurilish o ’z-o’zini boshqaradigan tizim bo’lib, u ikkita o’zaro bog’langan tizimostidan iborat: 1. Boshqaruv tizimosti(sub’ekti); 2. Boshqariladigan tizimosti (ob’yekt). (10.2- rasmga qarang). Iqtisodiy tizimosti quyidagilarga bo ’linadi: 1. Asosiy fondlar: 144 Boshqariladigan ob’yekt a) Faol (aktiv) qismi, bunga quyidagilar kiradi: - mashina va uskunalar; - texnologik naqliyot; - uzatuvchi moslamalar; - asbob-uskunalar, xo ’jalik jihozlari. b) Passiv qismi: - ishlab chiqarish, omborxona, xizmat ko ’rsatish, ma’muriy binolar va inshootlar. 2. Aylanma mablag ’lar - bu korxona ixtiyorida turuvchi mahsulotni tayyorlash jarayonida sarflanadigan va mahsulotni sotganidan so ’ng korxonaga qaytariladigan moliyaviy mablag 'lar. 10.2-rasmda boshqarish tizimining eng oddiy ko ’rinishi berilgan. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling