O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Shartli-sof mahsulot ko’rsatkichi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat sarflari
Shartli-sof mahsulot ko’rsatkichi o’ziga to’liq ish haqini va foydani,
shuningdek, asosiy vositalarning amortizatsion chegirmalarining yig’indisini, ya’ni qilingan mehnat qismini ham kiritadi: P = Z + Pr + A, (9.2) bu yerda: Z – korxona hamma ishchilarining (chegirmalarsiz) to’liq maoshi (ish haqi); Pr – korxonaning foydasi; A – amortizatsiya chegirmalarining yig’indsi. Bu ko’rsatkichning ijobiy tomoni shundaki, yangidan yaratiladigan narxni tavsiflash bilan u taqqoslash imkonini beradi. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarishning materialli sig’imiga bog’liq emas, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning «qulay» va «noqulay» mahsulotga ajratilishi inkor etiladi. Bundan tashqari kooperativ yetkazib berish hajmining hamda mahsulotni qaytadan hisobga olishning mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga ko’rsatadigan ta’siri bartaraf etiladi. Ulardan oxirgisi ishlab chiqarishni kombinaziyalashtirishda va ishlab chiqarish hamda sanoat birlashmalarini yaratishda (tuzishda) kam bo’lmagan muhim ahamiyatga egadir. Lekin ishlab chiqarish hajmini o’lchashning bunday o’lchamidan foydalanish amaliyoti turli 134 buyumlarning ancha ahamiyatli tarzdagi rentabelligi va ko’tara narx orqali olinadigan foydadagi korxona ulushlarining katta farqlari mahsulot ishlab chiqarishda korxonaning real hissasini taqqoslashda va foydani tegishli miqdorlardagi ko’rinishda aks ettirishda ishonchli natijalarni bermadi. Mehnat sarflari bajarilgan kishi-soatlar soni bilan ancha aniq ifodalanadi. Lekin ularni hisoblash juda ko’p mehnatni talab qiladi. Kishi-kunlar mehnat sarflarining kishi – soatlarda o’lchangandagiga qaraganda kamroq bo’lgan natijani beradi, chunki kishi – kunlar ichki smenali to’xtab qolishlarni hisobga olmaydi. Ishchi xodimlarning o’rtacha oylik soni kishi – kunlariga qaraganda kun mobaynidagi to’xtalishlarni hisobga olmaydi, shunga qaramasdan aynan ishchi- xodimlarning o’rtacha oylik sonidan yillik mehnat unumdorligini hisoblashda foydalaniladi, chunki bu turli korxonalarning, tarmoqlarning va umuman mamlakat bo’yicha ko’rsatkichlarning qiyoslanishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik faoliyatini ichki ishlab chiqarish bo’yicha tahlil qilishda soatli va kunlik mehnat unumdorligi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, unumdorlikni aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflarining tegishli ko’rsatkichlari tanlanadi va birinchi ko’rsatkichlar ikkinchi ko’rsatkichlarga bo’linadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari ko’rsatkichlarining ustunligi va kmachiliklarini tahlil qilish asosida shuni ta’kidlash joizki, ularni mumkin bo’lgan har qanday uyg’unlashtirish ma’lum bir iqtisodiy mazmunni kasb etadi, ularni tanlash esa mehnat unumdorligi darajasini o’lchashning konkret masalalari bilan aniqlanadi. Kornxonada unumdorlikni aniqlashning eng keng qo’llaniladigan (universal) usuli yil davomida o’rtacha ro’yxat bo’yicha shu korxona bitta ishchisiga to’g’ri keladigan korxona tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan sof mahsulotning miqdorini hisoblashdan iboratdir. Mehnat unumdorligining boshqa ko’rsatkichi – mehnat sig’imi - mahsulot birligini ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan jonli mehnat sarfining yig’indisini belgilaydi. 135 Mahsulot birligini ishlab chiqarish bo’yicha mehnat sig’imini aniqlash uchun hamma ishlab chiqarishga sarflangan sarf-xarajatlarni ma’lum vaqtda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo’lish kerak bo’ladi. Mehnat sig’imi ko’rsatkichi qaralayotgan qurilishga aloqador bo’lmagan boshqa omillarning ta’siriga uchramaydi. SHuning uchun mahsulot (ish)ning amaldagi mehnat sig’imi qiymat ishlab chiqarish ko’rsatkichiga nisbatan ancha to’g’ri bo’lib, mehnat unumdorligining darajasi va dinamikasini tavsiflab beradi. Mehnatni rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida alohida operatsiyalar, buyumlar va ishlarning mehnat sig’imi hisoblanadi. Texnologik mehnat sig’imi (T 1 ) asosiy ishchi-bajaruvchilar va vaqtbay ishlaydiganlarning mehnat sarflari bilan aniqlanadi. U ishlab chiqarish operatsiyalari, detallar, tugunlar va tayyor mahsulotlar bo’yicha hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish bo’yicha mehnat sig’imi (T 2 ) asosiy tsexlarning yordamchi ishchilarining hamda yordamchi tsexlar va bo’limlardagi ishchilarning, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatayotgan hamma ishchilarining mehnat sig’imini namoyon etadi. Uni har bir operatsiya, buyum bo’yicha yoki buyumning texnologik mehnat sig’imiga proportsional hisoblash mumkin. Ishlab chiqarish bo’yicha mehnat sig’imi (T 3 ) texnologik va xizmat ko’rsatish bo’yicha mehnat sig’imlari yig’indisidan tashkil topadi, ya’ni bu asosiy va yordamchi ishchilarning ish birligini bajarishga sarflagan mehnatini ifodalaydi. Boshqarish bo’yicha mehnat sig’imi (T 3 ) rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar tomonidan sarflangan mehnat yig’indisidan iborat bo’ladi. Bunday sarflarning bir qismi bevosita buyumlarning tayyorlanishi bilan bog’liq bo’lib, bu buyumlarga bevosita (bevosita) tegishli bo’ladi, mehnat sarflarining boshqa qismi esa buyumlarning tayyorlanishiga bevosita bog’liq bo’lmaydi, ishlab chiqarish mehnat sig’imiga proportsional bo’lgan holatda bumlarning tayyorlanishiga tegishli bo’ladi. Eng yaxshisi, mahsulotning to’liq mehnat sig’imi ko’rsatkichidan foydalanish juda qulay bo’lib, bu ko’rsatkich barcha kategoriyalardagi 136 ishchilarning mehnat sarflar (kishi-soatlar)ini o’z ichiga oladi va u quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi , (9.3) Mehnat sig’imi hisoblash usuliga bog’liq ravishda me’yoriy, amaliy, rejaviy mehnat sig’imlariga ajratiladi. Mehnat sig’imi ko’rsatkichlari mehnat unumdorligining darajasini hisoblash, yangi konstruktsiyalar, materiallar va texnologik jarayonlarni qo’llashning samaradorligini hamda qurilish–montaj ishlarining mexanizatsiyalashganligini baholash uchun zururdir. Mehnat sig’imi ko’rsatkichlaridan qurilishda mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyojlarni hisoblashda foydalaniladi. Mehnat unumdorligini hisoblash (o’lchash) usullarini har doim takomillashtirib borish taqoza etiladi, shu bilan u yoki boshqa omillardan masadli yo’nalishda foydalanishni va konkret iqtisodiy maqsadlarni hisobga olgan holda mehnat sig’imining samradorligi (natijaviyligi)ni ob’ektiv (xolisona) baholashga erishish mumkin. Bozor sharoitida boshqarishning zamonaviy iqtisodiy usullarida shunday o’lcham birliklarini izlab topish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqdaki, ular natijalar va sarf-xarajatlarni bir-biriga bog’lash orqali alohida ishchilarning xo’jalik hisobidagi fanfaatlarini hisobga olgani kabi butun jamiyatning ham manfaatini ifodalamog’i lozim. Natija sifatida foyda, daromad tushunilsa, sarf sifatida esa mehnatga haq to’lash fondi tushuniladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling