O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
12.2. Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari 
va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 


242 
Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i 
Kengesi 
Qarorlari, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Hukumatining 
hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining 
boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan 
qarorlardan iboratdir. 
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda
shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha 
ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda 
teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi
mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat 
birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va 
ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab 
mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar 
belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. 
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni 
bartaraf etish hamda o‘ziga etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash 
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling