O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
qobiliyatsizlik nafaqasi:
– mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasal bo‘lganda (shikastlanganda); – sanatoriy-kurortda davolanganda; 264 – oilaning betob a’zosini parvarish qilganda; – karantin e’lon qilinganda; – sil kasali yoki kasb kasalligiga chalingani sababli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda; – reabilitatsiya muassasalariga joylagan holda mehnat qobiliyati tiklanganda yoki protez qilinganda to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda: a) ish haqining to‘liq miqdorida; b) ijtimoiy jihatdan ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha hisobda turadigan xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab: – 8 yillik va undan ortiq umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — ish haqining 100 %i; – 5 yildan 8 yilgacha umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 80 %i; – 5 yildan kam umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 60 %i miqdorida; c) boshqa holatlarda ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab: – umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lganlarga, shuningdek 21 yoshga etmagan sag‘ir etimlarga – ish haqining 80 %i; – umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lganlarga – 60 %i miqdorida to‘lanadi. Misol. Xodim 1 martdan 5 martgacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning lavozim maoshi martda 1325000 so‘mni tashkil etgan. O‘tgan 12 oyda lavozim maoshidan ortiq summasi 711 780 so‘mni tashkil etadi. Nafaqa ish haqining 80 %i miqdorida to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasiga asosan haq to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi 1 384 315 so‘m miqdorida (1325000 + 711780 : 12). O‘rtacha oylik ish haqini maosh olingan davrdagi jadval bo‘yicha ish kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadigan o‘rtacha kunlik ish haqi 65920 265 so‘mni tashkil etdi (1 384 315 : 21). 1 martdan 5 martigacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 263 680 so‘m miqdorida to‘lanadi (65920 x 5 x 80%). Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hisoblangan nafaqa xodimning jami daromadiga kiritiladi va belgilangan tartibda unga daromad solig‘i solinadi. Mehnat kodeksining 233-moddasida ayollarga tuqqunga qadar etmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda - etmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanishi nazarda tutiladi. Nafaqa ayollarga ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va to‘lanadi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili summasi hisoblanib, ayolga tuqquniga qadar haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar to‘liq beriladi. Misol. Korxona xodimi 1 fevraldan 126 kunlik muddatga tug‘ishgacha va tug‘ishdan keyingi ta’tilga chiqish haqida kasallik varaqasini taqdim etdi. Yanvardagi ish haqi 1360 000 so‘mni, mukofot 540 000 so‘mni tashkil etdi (hisob- kitob davrida boshqa mukofot to‘lovlari amalga oshirilmagan). Nafaqa hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. O‘rtacha oylik ish haqi belgilanadi 1360000+540000/12 = 1405000 so‘m. 2. To‘liq 4 oy va iyun oyidagi 4 ish quni uchun haq to‘lanadi: fevral, mart, aprel, may uchun nafaqa 5 620 000 so‘m (1405000 x 4), iyun uchun – 1405000/20 x 4 = 281000 so‘mni (20 iyun oyidagi ish kunlari soni) tashkil etadi. Jami nafaqa miqdori 5901000 so‘mni tashkil etadi (5620000 + 281000). Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmaydi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling