O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

asosiy ta’til berilishi shart: 
– o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun; 
– ishlayotgan 1 va II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun. 
Ta’tillarga haq to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitobi belgilangan 
tarifikatsiya yoki hisob-kitob kunidagi lavozim maoshidan kelib chiqib hisob-kitob 
davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan ortiq 
summaning bir qismini bir yil ishlaganlar uchun 1/12ga (to‘liq olti oy ishlaganlar 


263 
uchun 1/6ga, to‘liq etti oy ishlaganlar uchun 1/7ga va h. k.) oshirib amalga 
oshiriladi. Tarif bo‘yicha haqdan ortiq summalarga ishbay ishlab topilgan pul
mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar 
hisoblab yoziladigan boshqa to‘lovlar kiradi. 
Ta’tillarga haq to‘lash uchun summalarni hisoblayotganda yoki olti kunlik 
ish haftasi hisobida foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lashda o‘rtacha 
oylik muddat 25,4 kun miqdorida qabul qilinadi.
Misol. Korxona kassiriga 1 martdan 24 ish kuniga (15 kunlik asosiy ta’til va 
9 kunlik qo‘shimcha ta’til) navbatdagi yillik ta’til berildi. Mart oyida mehnat 
ta’tiliga chiqishdan avvalgi 12 kalendar’ oydagi tarif stavkasidan oshadigan 
summa 1210000 so‘mga teng bo‘lagan. Hisob-kitob kunida tarifikatsiya bo‘yicha 
ish haqi 1 000 000 so‘mga teng. Xodimning o‘rtacha oylik ish haqi quyidagi 
summani tashkil etadi: 
1 000 000 + 1 210 000 : 12 = 1 100 833 so‘m 
Olti kunlik ish haftasi hisobida ta’tillarga haq to‘lash uchun summalarni 
hisoblayotganda o‘rtacha oylik ish davomiyligi 25,4 kun miqdorida qabul qilinadi. 
Xodimga hisoblangan ta’til puli summasi 1 040 157 so‘mni tashkil etadi 
(1100833/25,4x24). 
Muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
Kredit 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” 
Ta’til uchun to‘lov summalari ishlanmagan vaqt uchun to‘lovlarga kiradi va 
unga JShDS, YaIT va majburiy sug‘urta badallari solinadi. Shuningdek ular 
ShJBPHga badallar to‘lashda hisobga olinadi. 
Mehnat kodeksining 285-moddasida xodimlarga vaqtincha mehnatga 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling