O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda 
qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
Hisobdor shaxslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 
4220-“Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar”; 
4230-“Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar”; 
6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar”. 
Hisobdorlikka berilgan summa pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”, 
hisobvaraqlari bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning debetida aks 
ettiriladi. 
Qarzning qoplanishi, xarajatlar va xarid qilingan qiymatliklarni hisobga 
oluvchi hisobvaraqlar yoki amalga oshirilgan sarf-xarajatlarning tavsifidan kelib 
chiqib boshqa hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning 
kreditida aks ettiriladi. 
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 4220 “Xizmat 
safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti yuritiladi. Xizmat safariga yuborilgan 
xodimlar soni qarab 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti bo‘yicha 
analitik (4221, 4222,...) schyotlar ochish mumkin.
4230 “Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar” schyotida mayda 
xo‘jalik xarajatlari uchun, hisobdorlik ostida vakillik xarajatlari uchun 
ekspeditorga berilgan bo‘naklarni hisobga olish mumkin. Vakillik xarajatlariga 
korxonaning o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek 
korxonaning boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni 
qabul qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari 
kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini o‘tkazish, ularni 
transport bilan taminlash, muzokaraaar vaqtida bufet xizmati ko‘rsatish xarajatlari, 


288 
ziyofatlar va bo‘sh vaqtni tashkil etish, korxonaning shtatida turmagan tarjimonlar 
xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir. 
6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar” schyoti korxona xodimlariga 
ma’muriy-xo‘jalik va operatsion xarajatlar, xizmat safarlari uchun berilgan 
hisobdorlik summalari bilan haqiqatda sarflangan summalar o‘rtasidagi farq 
natijasida kelib chiqadigan qarzlarni aks ettiradi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling