O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq 
stavkalari (Soliq kodeksi 182-moddasi) 
№ 
Daromad turi 
Stavka 
1. Dividendlar va foizlarga 
10 % 
2. Xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan 
daromadlarga 
6 % 
3. Mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar 
bo’yicha olingan va boshqa daromadlarga 
20 % 
 
12.7. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi 
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hisobini 
berish sharti bilan pul mablag‘ini olgan shaxslar. Hisobdor shaxs korxona 
rahbarining buyrug‘i bilan faqat mazkur korxona (muassasa, tashkilot) xodimlari 
bo‘lishi mumkin.
22-rasm. Hisobdor shaxslar
Bo‘nak (avans) — kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul 
mablag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan
38
qat’iy belgilangan 
38
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 16 maydagi 12/17-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish QOIDALARI”
Hisоbdоr
shaxslar 
Xizmat safari uchun 
bо‘nak оlgan xоdimlar 
Оperatsiоn va xо‘jalik 
ehtiyоjlari uchun bо‘nak оlgan 
xоdimlar 


285 
maqsad uchun beriladi.
Xizmat safari
39
— doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini 
bajarish uchun korxona (muassasa, tashkilot, birlashma) rahbarining buyrug‘i 
bo‘yicha xodimning safari. Xizmat safariga yuboriladigan joyiga qarab 
O‘zbekiston Respublikasi ichidagi va tashqarisidagi xizmat safarlariga bo‘linadi. 
O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safari “O‘zbekiston Respublikasi xizmat 
safarlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan amalga oshiriladi. 
Kompaniya rahbari tomonidan chiqarilgan yoki tasdiqlangan buyruqa asosan 
xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir maqsad va 
topshirishni bajarish uchun yuborish hisoblanadi.
40
Doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan (temir yo‘l, havo yo‘li, suv transporti va b.) 
xodimlarning ish yuzasidan borib kelishi xizmat safari hisoblanmaydi. Xizmat 
safariing muddati, yo‘ldagi vaqtini inobatga olmagan hodda, 40 kungacha 
belgilanadi. Montaj va qurilish ishlari bo‘yicha safar 12 oydan oshmasligi kerak. 
Ayrim hollarda safar muddatini uzaytirish korxona rahbarining yozma ruxsati bilan 
bo‘lishi mumkin. Safar muddatini korxona rahbari belgilaydi va safarga borishga 
ruxsat beradi. Ish yuzasidan yuqori organlar huzuriga borish faqat ularning 
chaqiruvi yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan 
amalga oshiriladi, buyruq va safar guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi.
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga 
xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish maxsus jurnallarda 
yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga 
ketayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari 
guvohnomasiga belgi qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish 
yo‘li bilan tasdiqlaydi.
Xizmat safariga chiqish kuni bo‘lib transport vositasini 24 soatgacha bo‘lgan 
39
“O‘zbekiston Respublikasi xududidagi xizmat safarlari tug‘risida” yo‘riqnoma (O‘zR AV tomonidan 29.08.2003 
yilda 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 
40
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 73 page, 2014 


286 
vaqt, 00dan va undan kechroq vaqt - keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa - 
transport vositasini doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling