Markazlashgan va markazlashmagan maqsadli


Download 24.82 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1333479
Bog'liq
Abdusalomova Dilnoza kurs ishi


Kirish
«Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o‘tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo‘lib, u o‘sha davrga xos moliya to‘g‘risidagi tasavvurlarga mos bo‘lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga oshirilishi moliya fanining eng muhim nazariy qoidalarini qayta qo‘rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o‘quv adabiyotlarida o‘z aksini to‘liq topgani yo‘q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni yyetarli darajada inobatga olmagan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish xavfi mavjud.
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
Temir yo’l transportining moliyasi – asosiy va aylanma kapital, korhonaning pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish jarayonida vujudga keladigan pul munosabatlaridir.
Temir yo'l tarmog'ida boshqarish samaradorligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamiz "O'zbekiston temir yo'llari" AJ institusional bazasini mustahkamlash bo'yicha chet el bilan hamkorlik qilmoqda, bu hamkorlikning asosiy maqsadi "O'zbekiston temir yo'llari" tizimiga ilmiy yordam ko'rsatish orqali temir yo'llarning yashovchanligini oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida uning raqobatbardoshligini yaxshilashdan iborat. "O'zbekiston temir yo'llari" boshqaruvidagi bosqichlarni tushunish uchun uning shakllanish bosqichlarini ko'rib chiqish kerak. So'nggi o'n yillikda mamlakatimizda transport xizmatlari bozorini rivojlantirishga va uning infratuzilmasini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarda temir yo'l transporti tizimining alohida o'rni bor.
Shu boisdan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakat strategiyasida «...xizmat ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholiga transport xizmati ko'rsatishni tubdan yaxshilash, yuk va yo'lovchi tashish faoliyatini yaxshilash, ularning xavfsizligini oshirish vazifalari belgilab berilgan».[4]. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash respublikamiz temir yo'l transporti xizmatlari bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Temir yo'l transporti mamlakatimiz transport tizimining asosini tashkil etib, uning yagona transport tizimida yetakchi o'rin egallaydi. Temir yo'lning davlat, xalq xo'jalik va mudofa quvvaatidagi o'rni benihoya.
Hozirgi mustaqil rivojlanish va bozor munosabatlariga o'tish davrida temir yo'llarning roli muntazam oshib bormoqda. Temir yo'llardan aholining va xalq xo'jaligining tashishlarga bo'lgan barcha ehtiyojlarini to'liq qondirish, tashishni yuqori sifat bilan o'z vaqtida bajarish talab qilinadi. Tashishlarga bo'lgan buyurtmalarni biroz kechiktirish ham korxonalarning normal ishlashiga jiddiy zarar keltiradi, xo'jalikni shartnomaviy asoslarda muqim yurgazishni izdan chiqaradi. Temir yo'l transporti faoliyatini tadqiq qilayotganda va uni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishida hal qilinadigan vazifalarini aniq belgilab olish kerak, ya'ni temir yo'l tarmog'ining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanishi lozim. Bularga quyidagilar kiradi: Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va xududlar, aholi va tashkilotlarga xizmat ko'rsatish va transport ta'minoti samaradorligini oshirish hisobiga qo'shimcha hajmdagi yo'lovchi va yuklarni tashishni jalb qilish; yuk tashish va yo'lovchi tashish yo'nalishlarida ishlab chiqarish xavfsizligini va ishonchliligini oshirish hamda bir maromda faoliyat yuritilishini ta'minlash, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashuvini rivojlantirish, ish sharoitlarini yaxshilash; ekspluatatsiya harajatlarini kamaytirish, aholi va tashkilotlarga xizmat ko'rsatishda transport xizmatlari sifatini tushirmasdan mehnat unumdorligini va fondlar qaytimini oshirish xamda yuk tashish tariflarini pasaytirish uchun zamin yaratish; yuk tashish jarayonini boshqarishni rivojlantirish maqsadida axborot t'minoti tizimini rivojlantirish, marketingdan keng foydalanish va temir yo'l transporti foydalanuvchilarining axborot olish bilan bog'liq extiyojlarini qondirish; innovasion jarayonlarni jadallashtiri asosida resurlarni tejovchi texnik vosita va texnologiyalarni joriy qilish, yangi avlod harakatlanuvchi tarkiblari bilan ta'minlash. Yuqorida aytib o'tganimizdek temir yo'l sohasi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatning serqirraligi, tizimni rivojlantirishda investisiya omilini muhimligini ta'kidlaydi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2001 yil 2 martdagi Farmonda temir yo’l transporti sohasidagi ustivor yo’nalishlar belgilab olingan:

  • Monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yo’l transporti hizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish.

  • Yo’lovchilar tashish, harakatdagi sostavni, refrijerator va konteyner ho’jaligini ta’mirlash korhonalarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish.

  • Boshqaruv tizimiga va tashish jarayoni qatnashchilari o’rtasidagi ho’jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mehanizmlarini joriy etish.

  • Temir yo’l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish.

Shavkat Mirziyoyev: «Toshkent – Dushanbe temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish ustida ishlashimiz kerak» «Bugungi uchrashuvimiz ikki tomonlama aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligiga to‘g‘ri kelganida ramziy ma’no bor. O‘zbekiston va Tojikiston eng yaqin qo‘shnilardir. Pandemiyadan keyin biz barcha transport qatnovini tikladik, hududdagi transport koridorlaridan foydalanish bo‘yicha barcha masalalarni gaplashib oldik. Bugungi kunda o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 600 million dollarga chiqdi va bu bilan to‘xtab qolmaslik kerak. Umuman, yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni kamida 1 milliard dollarga chiqarish ustida ishlashimiz zarur. Buning uchun barcha to‘siqlarni olib tashlash, rejadagi loyihalar ustida juda jiddiy shug‘ullanishimiz kerak. Mana, tadbirimizda Jizzax va So‘g‘d viloyatlari hokimlari ham qatnashyapti. Ular o‘zaro o‘sish nuqtalarini izlashlari lozim. Yana bir yirik loyiha ustida o‘ylash vaqti keldi. Toshkent – Dushanbe temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish ustida ishlashimiz, bu borada qanday muammo bo‘lsa, hoziroq muhokama qilishimiz kerak. O‘zbekiston va Tojikiston iqtisodida ochilmagan nuqtalar, yangi imkoniyatlar juda ko‘p», deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga temir yo‘l sohasidagi yirik xalqaro loyihalarning amaldagi holati va kelgusi rejalar yuzasidan axborot berildi. Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz uchun transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, jahon bozorlariga tez va erkin chiqish juda muhim. Shu bois davlatimiz rahbari xalqaro anjumanlarda bu masalani doim ko‘tarib, amaliy tashabbuslarni ilgari surmoqda. Qo‘shni va manfaatdor mamlakatlar bilan «til topishib», loyihalar jadallashtirilmoqda. Ulardan biri 454 kilometrli «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li qurilishidir. Joriy yilning 14-sentyabrida Samarqandda bu loyiha bo‘yicha uch tomonlama Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Noyabr oyida Xitoyning «Birinchi loyiha-tadqiqot instituti» tomonidan dala tadqiqot ishlari olib borilgan. Bugungi hisobotda rejadagi ishlar to‘g‘risida ham aytib o‘tilgan. Xususan, Bishkek shahrida loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyihani boshqarish uslubi va tartibi muhokama qilinadi. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Umuman, 1-iyungacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash rejalashtirilgan.
Sohadagi yana bir mintaqaviy loyiha «Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘lidir. Afg‘onistondagi murakkab vaziyatga qaramay, bu borada ham sezilarli siljishlar borXususan, joriy yil . Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan Pokistonning Torxam shahrigacha tadqiqot ekspeditsiyasi o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, loyiha doirasida 765 kilometr temir yo‘l qurilishi mo‘ljallanmoqda. Kelgusi yili bu bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etish, xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilish, investorlar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shulardan kelib chiqib, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni ma’qullab, hamkor mamlakatlar bilan «yo‘l xaritalari» ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu ikki temir yo‘lning qurilishi O‘zbekistonning transport kommunikatsiyalarini diversifikatsiya qilib, logistika imkoniyatlarini karrasiga kengaytiradi, deyiladi xabarda.
I bob
1.1.Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tashish va xizmatlar koʼrsatish sifatiga alohida eʼtibor beriladi?
Markaziy Osiyodagi chegaralarning meros qilib olingan tabiati suveren davlatning transport xavfsizligini ta'minlamadi, chunki yuklarni qo'shni davlatlar orqali olib o'tish kerak edi. Tog'li dovonlar orqali Farg'ona vodiysi va Surxondaryo viloyatiga olib borilgan yangi temir va avtomobil yo'llari bu muammoni hal qildi. O'zbekiston transport rejasida o'zini o'zi ta'minlay boshladi, shuning uchun ichki transport uchun tashqi chegaralarni kesib o'tishning hojati yo'q, bu ilgari mamlakat va uning fuqarolari uchun juda noqulay edi.

Mustaqillik yillarida respublikada temir yo'l va avtomobil yo'llarining rivojlangan tarmog'i shakllandi, mamlakatning xalqaro va tranzit transportiga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydigan xalqaro aeroportlar faoliyat ko'rsatmoqda. Mamlakatning ichki magistral yo'llari, shu jumladan mamlakatning eng yirik shaharlarini bitta tarmoqqa ulaydigan tezyurar poezdlar harakati uchun tobora qulaylashib bormoqda.

Toshkentning magistral yo'llari va yangi transport chorrahalari, shaharning butun qiyofasi singari, endi O'zbekiston mustaqillikka erishganida deyarli hech qanday aloqasi yo'q. Deyarli bu allaqachon xalqaro miqyosdagi har qanday tadbirlarni muvaffaqiyatli qabul qiladigan yangi shahar.

Shu bilan birga, O'zbekistonning kamida ikki davlat hududi tomonidan okeanlardan uzoqligi transport transporti narxini sezilarli darajada oshiradi va shu bilan mamlakat ichida import qilinadigan va tashqi bozorlarda eksport qilinadigan mahsulot tannarxini oshiradi. Shu sababli, yuklarni tashish uchun eng maqbul transport koridorlarini shakllantirish siyosatiga alohida e'tibor qaratildi va mustaqillikdan keyingi yillarda tovar oqimlari harakatida katta o'zgarishlar yuz berdi.

SSSRda o'zbek paxtasi Rossiyaga, o'zbek gazi "markaz" ga (gaz quvuri "Markaziy Osiyo—Markaz" deb nomlangan) va u erdan ma'lum bir qismida Evropaga borgan. Uskunalar va mashinalar Rossiya, Belorussiya, Ukrainadan O'zbekistonga ketayotgan edi. To'qsoninchi yillarda Boltiqbo'yi davlatlari va uzoq Sharq orqali tashqi bozorga o'zbek tovarlari uchun faol transport yo'laklarini saqlab qolish va yangilarini ochish vazifasi qo'yildi, chunki eski yo'laklar bo'ylab bozorlarning sig'imi postsovet hududida iqtisodiyot va turmush darajasining umumiy pasayishi tufayli tez pasayib ketdi. O'zbekiston iqtisodiyoti, shuningdek, MDH mamlakatlari sanoati endi maqtana olmaydigan, shuningdek, o'zbek paxtasi uchun jahon narxini to'lay olmaydigan yangi zamonaviy uskunalarga muhtoj edi.

Shu munosabat bilan, 1996 yilda qisqa vaqt ichida Evropa yo'nalishi bo'yicha Eron (O'rta Osiyo va Eron temir yo'llarini bog'laydigan Meshhead–Serasch–Tejen magistral yo'li) va Zakavkaziya (TRASEKNING Transkavkaz temir yo'l magistrali) orqali o'zbek paxtasi va boshqa tovarlarni Evropaga olib boradigan yangi transport yo'laklari foydalanishga topshirildi. Xususan, "iqtisodiy sharh" jurnalining respondentlaridan birining TRASEK koridori orqali o'zbek paxtasining birinchi partiyasini kuzatib borgani haqidagi hikoyasi esga olindi. U urush tugagan va yo'l bo'yidagi xarobalar hali ham chekayotgan Gruziya bo'ylab sayohat qilish qanchalik qiyin va axloqiy jihatdan qiyin bo'lganini aytdi.

Biroq, vaqt to'xtamadi, jahon iqtisodiyoti sezilarli metamorfozga uchradi. Evropa sanoati Osiyo mamlakatlariga olib kelindi va endi bir xil paxta va boshqa xom ashyolarni katta miqdorda etkazib berishga muhtoj emas edi. Xitoy boshchiligidagi Osiyo tez rivojlandi va uning iqtisodiyoti tobora ko'proq xom ashyoni talab qildi. Eron orqali Fors ko'rfazi portlariga to'laqonli transport yo'lagi tashkil etilib, o'zbek tovarlari Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yo'l ochdi va o'zbek paxtasining asosiy hajmi ushbu mintaqaga oqib keldi.

Xitoy iqtisodiyotining kuchli o'sishi tobora ko'proq energiya manbalarini talab qildi, global inqirozdan so'ng Evropada gaz narxi odatda avvalgi rekord ko'rsatkichlardan pasayib ketdi. Bu Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo gazini sotib olish bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqardi, chunki Evropaga etkazib berish uchun uning gazi etarli edi. Va tabiiy ravishda gaz oqimlari paydo bo'ldi. Avval Turkmaniston, so'ngra o'zbek gazi Xitoyga bordi.

O'zbekistonga texnika va uskunalar yetkazib berish geografiyasi ham o'zgardi. Agar to'qsoninchi va nol yillarda g'arbiy zamonaviy uskunalar MDH mamlakatlarining kam raqobatbardosh mahsulotlarini etkazib berishni almashtirgan bo'lsa, endi vaziyat boshqacha. G'arbda saqlanib qolgan uskunalar va uskunalar ishlab chiqarish, birinchidan, uning narxi juda qimmat, ikkinchidan, ushbu uskunalar qimmat texnik xizmatga muhtoj, bu esa uni mahalliy sanoatda ishlatish rentabelligini pasaytiradi. Qanday qilib, masalan, bu tezda ishlamay qolgan Amerika paxta terish "holatlari" bilan bog'liq edi. Endi O'zbekistonda ko'plab turdagi uskunalar (avtomobillar, avtobuslar) ishlab chiqarish allaqachon mahalliylashtirilgan va texnika va uskunalar importi asosan yangi zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirish va joriy etish zarurati bilan bog'liq.

Endi O'zbekistonda barcha yo'nalishlarda ishonchli transport yo'laklari mavjud: Boltiqbo'yi va Rossiyaning uzoq Sharq portlariga, tinch okeani havzasidagi Xitoy portlariga va Hind okeanidagi Eron portlariga, Evropa bozoriga transport kirishlari. Biroq, transport koridorlarini optimallashtirish bo'yicha ishlar davom etmoqda. Kun tartibida Qirg'iziston orqali Xitoyga eng qisqa temir yo'l loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Afg'oniston orqali Pokiston va Hindistonga transport kommunikatsiyalarini qurish ishlari olib borilmoqda.


1.2. Temir yoʼlda tashiladigan yuklarga narxlar qanday belgilanadi? №10-01 Preyskurantning mohiyati, vazifasi
Narxlar.Yuk tashish tarif siyosati
Temir yo'l transporti xizmatlari ushbu xizmatlar narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bilan tabiiy monopoliyalarning davlat reestriga kiritilgan. Ichki transportda temir yo 'l transporti tariflari o' zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan kelishiladi. Temir yo'l tariflari. transport-bu yuk, yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish uchun olinadigan to'lovlar. Mahalliy transportda yuk tashish tariflari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 10-01 – narxlar ro'yxatiga muvofiq xalqaro transportda tashish uchun-MDHga a'zo davlatlar temir yo'llarining tarif siyosatiga muvofiq hisoblanadi. Yuk to'lovlari kompaniyaning asosiy daromad manbai hisoblanadi.
"O' zbekiston temir yo 'llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo 'yicha yuklarni tranzit va eksport-import aloqalarida tashishda idoralararo xarakterdagi xalqaro shartnoma bo 'lgan o' zbekiston Respublikasi temir yo 'llarining tarif siyosati stavkalari qo' llaniladi.
Tarif siyosati kelishilgan tarif siyosatini shakllantirish va qo'llashning asosiy tamoyillariga va mustaqil davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning temir yo'l transportida kelishilgan tarif siyosatini belgilash kontseptsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.3. Taʼmirga ketadigan xarajatlarni moliyalash usullari
1.4. Menejment tushunchasining mazmuni
Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va Teylor nomi bilan bog‘lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davrni «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar. Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin. Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlarning vazifasiga kiradi. Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni 6 anglatadi. Ilmiy fan sifatida menejment taxminan XIX asrning birinchi yarmida kapitalizm tug‘ilishi bilan paydo bo‘ldi. O‘sha vaqtda u oddiy bo‘lgan, ya’ni harbiy tavsifga ega edi. Dastlabki menejerlar harbiy intizomni, jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish usullarini qo‘llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli deb qaralgan. Ish beruvchi ishlovchini ezgan chog‘da uning (mehnat mahsuli) samarador va natija keltiruvchan bo‘lishi mushkul, shaxs o‘zining namoyon etishini rag‘batlantirgan chog‘da esa uning yangilanmasligi va takomillashmasligi mumkin emas. Insoniy munosabatlar maktabi nuqtayi nazaridan olganda, ishchi — fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborda o‘z-o‘zini hurmat qilishda, o‘z qadrqimmatini his etish, boshqalar tomonidan ma’qullash, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir. Insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining tashabbuskorlikdan, ishchilar bilan hamkorlikdan, kompaniyada «birdamlik ruhi» va «mushtaraklik tuyg‘usi»ni shakllantirishdan hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqishdan iboratdir. Insoniy munosabatlar maktabining atoqli vakili bo‘lgan amerikalik olim D. Mak-Greger (1906—1964) inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga munosabatining 2 turi mavjudligi, menejer ulardan foydalangan holda ishchilar mehnatini asoslashning g‘oyatda samarador usullarini belgilashi kerakligini uqdirgan edi.
1.5. Aksiyadorlik jamiyati mahsuloti (ish, xizmati)ga narxlarni belgilash tartibi
Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling