297
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibiga kimlar kiradi?
2. Mehnat haqini hisoblashda dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini
tushuntiring.
3. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nimalar kiradi?
4. Mehnat va ish haqida majburiy ushlanmalarni hisoblash metodikasini aytib
bering?
5. Asosiy va qo‘shimcha ish haqiga qanday ish haqlari kiradi?
6. Mehnat ta’tili va uni hisoblash tartibini tushuntiring.
7. Kasallik varaqasi bo‘yicha mehnat haqini hisoblash tartibini izohlang.
298
13-BOB. TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBI
13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy
zaxiralar yirik
miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga
kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
ishlab chiqarish
yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida
namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi
odatda
ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan
zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida,
ular tovar-
moddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch
kelishadi.
2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan:
42
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir:
- odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan;
- bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
- ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida
foydalanilishi
ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: