O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomalalarni aks ettirish T/r Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summa, ming so‘mda
Muomalalarni aks ettirish
T/r Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summa, ming so‘mda Debet Kredit 1. Topshiriq-majburiyat bo‘yicha hisoblangan qarz aks ettirildi 600 4710 6990 2. Kredit bo‘yicha qarzni so‘ndirish maqsadida xodimdan (har oyda) ushlab qolingan summalar aks ettirildi 150 6710 4710 3. Qarzni so‘ndirish hisobiga savdo tashkilotiga (har oyda) o‘tkazilgan summalar aks ettirildi 150 6990 5110 2-variant. Korxona uning xodimi tomonidan kreditga sotib olingan tovar qiymatini savdo tashkilotiga bankning krediti hisobiga to‘liq qaytaradi: 292 31-jadval Muomalalarni aks ettirish T/r Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summa, ming so‘mda Debet Kredit Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar 1. Kredit olindi 600 5110 6810 Kredit shartnomasi 2. Tovar qiymati savdo tashkilotiga to‘landi 600 6990 5110 To‘lov topshiriqnomasi, bank ko‘chirmasi 3. Kreditga sotilgan tovar bo‘yicha xodimning qarzi aks ettiriladi 600 4710 6990 Buxgalteriya hisob- kitobi 4. Kreditni qaytarishga yo‘naltiriladigan ish haqi summasi aks ettiriladi (har oyda) 150 6710 4710 Ish haqini hisoblash qaydnomasi 5. Kreditni qaytarish hisobiga ushlab qolingan summalarning o‘tkazilishi (har oyda) 150 6810 5110 To‘lov topshiriqnomasi, bank ko‘chirmasi O‘zR FKning 790-moddasi ham pul mablag‘lari bilan, ham boshqa mulk buyumlari bilan qarz berish va olish imkoniyatini beradi. Bunda O‘zR FKning 734-735-moddalariga ko‘ra qarz shartnomasi bo‘yicha pul mablag‘lari qarz oluvchiga ular tomonidan qarz summasidan foizlar to‘lanishi yoki to‘lanmasligi sharti bilan berilishi mumkin. Qarz summasi miqdori, qaytarish tartibi va muddatlari hamda ushbu summadan foizlar to‘lash qarz shartnomasida majburiy belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 293 Qarz olish xodimning qarz yoki ssuda so‘ralish sabablari ko‘rsatilgan holda korxona rahbari nomiga iltimosnomasi (arizasi) asosida rasmiylashtiriladi. Qarz yoki ssuda berish to‘g‘risidagi qarorni korxona rahbari mustaqil ravishda qabul qiladi (agar mulkdorga tegishli vakolat berilgan bo‘lsa). Xodimga qarz yoki ssuda berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda xodim yozma shaklda uni qaytarish to‘g‘risida majburiyatnoma (qarz shartnomasi) tuzadi. Agar qarz shartnomasining predmeti bo‘lib buyumlar hisoblansa, unda qarz oluvchiga buyumlarni berishda ularga bo‘lgan mulk huquqi qarz oluvchiga o‘tadi hamda ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida aks ettirishda buyumlarni qarz beruvchining balansidan hisobdan chiqarish lozim. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling