O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
12.8. Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 
Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan 
tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hisobiga 
sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, o‘y-joy kurish uchun olingan 
ssudalar, moddiy boyliklarning kamomadi bo‘yicha zararlarni qoplash uchun 
berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar xodimlar bilan boshqa muomalalar 
bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini tashqil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga 
olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko‘zda to‘tilgan: 
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”; 
4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”; 
4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari”; 
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”; 


290 
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” 
hisobvarag‘ida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar yuzasidan 
hisoblashishlar hisobga olinadi. 
Kreditga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti 
hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit summalarini savdo korxonalariga 
to‘laligicha o‘tkazadilar. 
Kreditga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa, 
quyidagicha provodka beriladi: 
Debet 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi” 
Kredit 6710, 7810 
Korxona xodimlardan kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarni ish 
haqidan ushlab qoladi: 
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” 
Kredit 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi” 
So‘ngra ushlab krlingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun 
yo‘naltiriladi: 
Debet 6810, 7810 
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” 
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” hisobvarag‘ida 
korxona ishchilariga berilgan qarzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi, Masalan, 
uy-joy qurilishiga, dala xovlilarni harid qilish yoki qurish uchun va hakazo. 
Xodimlarga ushbu maqsadlar uchun qarz berilganida quyidagicha provodka 
beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” 
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” 
Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank 
tomonidan xodimga berilsa, u holda quyidagicha provodka beriladi: 
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” 


291 
Kredit 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” 
Kredit 7810 “Uzoq muddatli kreditlar” 
Qarzdor xodimlardan to‘lovlar kabul qilishganda quyidagicha yozuv 
qilinadi: 
Debet 5010, 5110, 6710 
Kredit 4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi” 
Bank kreditlarini so‘ndirish paytida: 
Debet 6810, 7810 
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti” 
Korxona tomonidan savdo tashkilotidan 600 ming so‘m summaga topshiriq-
majburiyat olindi. Topshiriq-majburiyatga ko‘ra korxona to‘rt kalendar oyi 
mobaynida har oyda savdo tashkiloti foydasiga A.samadovdan 150 ming so‘m 
ushlab qolishi kerak. 
 1-variant. Korxona xodimning ish haqidan ushlab qolingan summalarni 
bevosita savdo tashkilotiga o‘tkazadi: 
30-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling