O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi va uning qoplanishi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi va uning qoplanishi  
Xo‘jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
Debet 
Kredit 
Daromadni aks ettirish 
(undiriladigan summa 
kamomad summasidan 
yuqori) - aybdorlar 
aniqlangan 
4730 - aybdor yoki 
moddiy javobgar 
shaxsdan undirilishi lozim 
bo‘lgan kam chiqqan 
aktivning bozor qiymatiga 
5910 - kam chiqqan 
aktivning chiqib ketishidan 
ko‘rilgan zarar summasiga, 
9310 - aybdor shaxs yoki 
moddiy javobgar shaxsdan 
undirilishi lozim bo‘lgan 
kam chiqqan aktivning 
bozor qiymati bilan uning 
chiqib ketishidan ko‘rilgan 
zarar summasi o‘rtasidagi 
farqqa
Zararni aks ettirish (kam 
chiqqan aktivning bozor 
qiymati kamomad 
summasidan past) - 
aybdorlar aniqlangan 
4730 - aybdor yoki 
moddiy javobgar 
shaxsdan undirilishi lozim 
bo‘lgan kam chiqqan 
aktivning bozor 
qiymatiga;
9430 - aybdor yoki 
moddiy javobgar 
shaxsdan undirilishi lozim 
bo‘lgan kam chiqqan 
aktivning bozor qiymati 
bilan uning chiqib 
ketishidan ko‘rilgan zarar 
summasi o‘rtasidagi 
farqqa
5910 - kam chiqqan 
aktivning chiqib ketishidan 
ko‘rilgan zarar summasiga 
Agar aybdor shaxsdan undiriladigan summa kam chiqqan obyektning qoldiq 
qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda korxona umumiy tartibda soliqqa tortilishi lozim 
bo‘lgan daromad oladi.


296 
Aybdor shaxsdan undiriladigan summa kam chiqqan obyektning qoldiq 
qiymatidan kam bo‘lgan hollarda korxona zarar ko‘radi, u ham daromad (foyda) 
solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani oshiradi. Yagona soliq, yalpi 
daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari bo‘lgan korxonalarda esa 
bunday holda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Amaliyotda har doim ham kamomadning aniq aybdorlarini belgilash yoki 
moddiy javobgar shaxsdan kam chiqqan obyekt qiymatini undirishga muvaffaq 
bo‘linmaydi. Ushbu hollarda korxona kam chiqqan obyekt bo‘yicha barcha 
xarajatlarni boshqa operatsion xarajatlar tarkibida aks ettirib, o‘z mablag‘lari 
hisobiga hisobdan chiqarishi kerak. Tegishlicha, olingan zarar summasi daromad 
(foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda soliqqa tortiladigan bazani oshiradi, biroq 
yagona soliq, yalpi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida hisobga 
olinmaydi.
Undirib olinishi gumon bulgan debitorlik qarzlari korxona raxbariyatining 
qaroriga muvofik dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan yoqi bunday 
rezerv tashqil etilmagan bulsa, ushbu qarzlarning korxona zararini kupaytirish 
hisobiga (yoqi sof foyda hisobidan ) hisobdan chiqariladi. Da’vo qilish muddati 
tugagan barcha kreditorlik qarzlari ho‘jalik faoliyati natijalariga, ya’ni foydaga olib 
borilishi lozim. 
Xar xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 8-
jurnal-orderda, analitik hisobi esa xar bir debitor va kreditor doirasida 7-
vedomostda yuritiladi. Buning uchun vedomostda chorak, yarim yil va yil 
mobaynida bulishi mumkin bulgan operatsiyalardan kelib chikkan xolda xar bir 
debitor va kreditorlarga muljallangan kator ajratiladi. Bu vedomostga yozuvlar 
dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari asosida yoziladi. Ular oborot vedomosti 
tamoyillariga asoslangan bo‘lib, kreditli oborotlar tegishli schyotlarning debeti 
bilan korrespondentsiyalanadi. Oy oxirida har bir debitor va kreditor bo‘yicha 
hamda hamma debitor va kreditorlar bo‘yicha yakun aniqlanadi.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling