O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Memorial-order; memorial warrant; мемориaльный ордер


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Memorial-order; memorial warrant; мемориaльный ордер; buxgalteriya 
provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning 
mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi
ko‘rsatiladi. Memorial- orderlar maxsus blankalarda tuziladi va bosh (katta) 
buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Memorial-orderlar 
o‘rniga tegishli shakldagi shtamplar qo‘llanishi mumkin. Ayrim hujjatlarning 
blankalarida 
memorial-order 
rekvizitlari 
mavjud, 
ya’ni 
schyotlar 
korrespondentsiyasi nazarda tutilgan. Hisobning jurnal-order shaklida memorial-
orderlar tuzilmaydi.
Moliyaviy axborot; financial information; финaнсовой информaции;  
bo‘lajak korxona faoliyatining moliviy tamonlarini baholashda qo‘llaniladi. 
Bulajak korxonani qurish, ishga solish, boshlang‘ich davrda moliyaviy qo‘llash va 
umuman sarflangan sarmoyalarni qaytarish bilan birga loyihani rentabellik darajasi 
aniqlanadi. 
Moliyaviy 
investitsiyalar; 
financial 
investments; 
финaнсовые 
инвестиция; xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, 
royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan 
sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish 
uchun foydalanadigan aktivlar. 
Moliyaviy 
natija; 
financial 
results; 
результaты финaнсовой 
деятельности; korxona, tashkilot, birlashma, aktsionerlik jamiyati va 
hokazolarning ma’lum hisobot davrida, uning tadbirkorlik jarayonida qilgan 
xarajatlari va tushimi o‘rtasidagi farqdir. 


384 
Natural o‘lchovlar; natural measurement; нaтурaльный измерение
buxgalteriya hisobidagi o‘lchovlarning biri bo‘lib, uning yordamida buxgalteriya 
hisobi ob’yektlari to‘g‘risida natural (massa, uzunlik, metr va h.k.) ko‘rinishidagi 
ko‘rsatkichlar olinadi. Natural o‘lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va 
boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Natural 
ko‘rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu ko‘rsatkichlar xo‘jalik 
mablag‘larini baholash yo‘li bilan pul o‘lchoviga aylantiriladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling