O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik 
mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish 
hamda umumlashtirish usulidir.
Buxgalteriya 
balansi 
muayyan 
davrdagi 
kompaniyaning 
aktivlari, 
majburiyatlari va ustav kapitalini umumlashtirib beruvchi moliyaviy hisobotdir.
5
Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli 
mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan 
mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan 
mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini 
o‘rganish uchun asos hisoblanadi. Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona 
va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni 
mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda 
o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng 
tomoni esa passiv deb aytiladi. 
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi: 
I.“Uzoq muddatli aktivlar”; II. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan: 
I. “O‘z mablag‘lari manbalari”; II. “Majburiyatlar”.
Aktivlar
6
= Passivlar+ Xususiy kapital. 
5
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 18 p. 
6
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil. Fundamentals of business accounting. Oxford university Press, 
2014. 16 b.
 


41 
Aktivlar. Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik 
qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan 
biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va 
boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi. 
Aktivlar ma’lum bir shaxs, biznes tashkilot yoki mamlakat tomonidan 
egalik qilinadigan hamda kelgusida iqsidoiy foyda keltiruvchi iqtisodiy qiymat.
7

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling