O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
66 4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir. Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi. Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi. Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 2. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi. Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi. Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birlariga tegishli tartibda teng keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas, chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. 67 Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab shartlanadi. Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi. 10-jadval Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling