O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet 6710 (P) Kredit (-)
- 2-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 3-misol.
- Debet 2010 (A) Kredit (+)
Debet
5010 (A) Kredit (+) 1 500 000 so‘mga kassada pul mablag‘ining ko‘payishi Debet 5110 (A) Kredit q. 1 500 000 so‘m (-) 1 500 000 so‘mga hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘ining kamayishi 10-rasm. 1-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 2-misol. Kassadan xodimlarga 1 500 000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlar ham kamaydi. Debet 6710 (P) Kredit (-) 1 500 000 so‘mga xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlarning kamayishi q. 1 500 000 so‘m Debet 5010 (A) Kredit q. 1 500 000 so‘m (-) 1 500 000 so‘mga kassadadagi pul mablag‘ining kamayishi 11-rasm. 2-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 3-misol. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga 1 200 000 so‘mlik va umumishlab chiqarishga 150 000 so‘mlik yoqilg‘i-moylash materiallari berildi. 61 Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida ombordagi yoqilg‘i-moylash materiallari kamayadi, asosiy ishlab chiqarish va umumishlab chiqarishlarda yoqilg‘i-moylash materiallari ko‘payadi. Debet 2010 (A) Kredit (+) 1 200 000 so‘mga asosiy ishlab chiqarish xarajatlar ko‘payishi Debet 2510 (A) Kredit (+) 150 000 so‘mga umumishlab chiqarish xarajatlar ko‘payishi Debet 1030 (A) Kredit q. 1 350 000 so‘m (-) 1 350 000 so‘mga yoqilg‘i- moylash materiallari kamayishi 12-rasm. 3-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi. Moliyaviy hisobda provodka berilishi. 16 1. Tijoratchi biroz miqdor naqd pulda o‘zining chakana savdo biznesiga sarmoya qildi. Standart ikkiyoqlama yozuv ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: Debit : naqd pul hisobi. Kredit: capital hisobi. Maqsad: ikkiyoqlama yozuv qoidasiga binoan naqd pul hisobida naqd pul tijoratchi tomonidan berilgan naqd pul qabul qilingan. Buning ma’nosi capital 7 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil. Fundamentals of business accounting. Oxford university Press, 2014. 15-16 b. 62 hisobi beriladigan hisob va naqd pul hisobi qabul qilinadigan hisob. 2. biznes tashkiloti naqd pulga offisda foydalanish uchun mebel sotib oladi. Haqiqiy ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo‘ladi: Debit : mebel hisobi. Kredit: naqd pul hisobi. Maqsad: bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchiva naqd pul hisobida mebel uchun to‘langan pul aks etadi. 3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi . ikkiyoqlama yozuvda quyidagicha aks etadi: Debit : Sotib olish hisobi. Kredit: Naqd pul hisobi. Maqsad: bu operatsiyada tovarni sotib olish hisobida aks etadi va naqd pul hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul aks etadi. Har bir biznesda, biznes faoliyatida asosiy mahsulot yoki Tovar sotib olingan vaqtda “ sotib olish” hisobidan foydalaniladi. 4. Biznes tashkilotimol yetkazib beruvchidan kreditga chakana savdo tovari sotib oldi. (mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa biznes tashkilotlariga tovar va mahsulotlarini qarzga beradi) Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: Debit : sotib olish hisobi. Kredit: Kreditor hisobi. Maqsad: bu operatsiyada sotib olish hisobida Tovar qabul qilindi, biroq mol yetkazib beruvchi sotilgan Tovar uchun hali pul olmadi kredit hisobi kreditlanadi. Kredit hisobi to‘lab berish hisobi shaklida. 5. biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: Debit: naqd pul hisobi. Kredit: sotish hisobi. Maqsad: naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul qilinadi. Sotish hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi. 6. Biznes tashkiloti chakan savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo xaridor hali pulni to‘lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: Debit: debitorlik hisobi. Kredit: Sotish hisobi. 63 Maqsad: Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko‘rsatgan biznes uchun pul mablag‘ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi. Debitorlik hisobining boshqacha nomlanishi olinadigan hisob varaqlar deyiladi. Bu vaziyatda debitor mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun uning hisob raqami debitlanayapti. Sotish hisobi kreditlanadi, mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko‘rsatadi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling