O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Debet 
5010 (A) 
Kredit 
(+) 1 500 000 so‘mga kassada pul 
mablag‘ining ko‘payishi 
Debet 
5110 (A) 
Kredit 
q. 1 500 000 so‘m 
(-) 1 500 000 so‘mga hisob-kitob 
schyotidagi pul mablag‘ining kamayishi
 
10-rasm. 1-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 
2-misol. Kassadan xodimlarga 1 500 000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu 
xo‘jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish 
haqi yuzasidan qarzlar ham kamaydi.
Debet 
6710 (P) 
Kredit 
(-) 1 500 000 so‘mga xodimlar 
bilan 
ish 
haqi 
yuzasidan 
qarzlarning kamayishi 
q. 1 500 000 so‘m 
Debet 
5010 (A) 
Kredit 
q. 1 500 000 so‘m 
(-) 1 500 000 so‘mga kassadadagi pul 
mablag‘ining kamayishi
 
11-rasm. 2-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 
3-misol. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga 1 200 000 so‘mlik va 
umumishlab chiqarishga 150 000 so‘mlik yoqilg‘i-moylash materiallari berildi. 


61 
Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida ombordagi yoqilg‘i-moylash materiallari 
kamayadi, asosiy ishlab chiqarish va umumishlab chiqarishlarda yoqilg‘i-moylash 
materiallari ko‘payadi.
Debet 
2010 (A) 
Kredit 
(+) 1 200 000 so‘mga asosiy 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlar 
ko‘payishi 
Debet 
2510 (A) 
Kredit 
(+) 150 000 so‘mga umumishlab 
chiqarish xarajatlar ko‘payishi
Debet 
1030 (A) 
Kredit 
q. 1 350 000 so‘m 
(-) 1 350 000 so‘mga yoqilg‘i- moylash 
materiallari kamayishi
12-rasm. 3-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik 
operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har 
bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning 
kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, 
hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. 
Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat 
beradi. 
Moliyaviy hisobda provodka berilishi.
16
1. Tijoratchi biroz miqdor naqd pulda o‘zining chakana savdo biznesiga 
sarmoya qildi. Standart ikkiyoqlama yozuv ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinishda 
bo‘ladi:
Debit : naqd pul hisobi. Kredit: capital hisobi. 
Maqsad: ikkiyoqlama yozuv qoidasiga binoan naqd pul hisobida naqd pul 
tijoratchi tomonidan berilgan naqd pul qabul qilingan. Buning ma’nosi capital 

Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil. Fundamentals of business accounting. Oxford university Press, 
2014. 15-16 b. 


62 
hisobi beriladigan hisob va naqd pul hisobi qabul qilinadigan hisob. 
2. biznes tashkiloti naqd pulga offisda foydalanish uchun mebel sotib oladi. 
Haqiqiy ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo‘ladi:
Debit : mebel hisobi. Kredit: naqd pul hisobi.
Maqsad: bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchiva naqd pul 
hisobida mebel uchun to‘langan pul aks etadi. 
3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi . ikkiyoqlama yozuvda 
quyidagicha aks etadi: 
Debit : Sotib olish hisobi. Kredit: Naqd pul hisobi. 
Maqsad: bu operatsiyada tovarni sotib olish hisobida aks etadi va naqd pul 
hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul aks etadi. Har bir 
biznesda, biznes faoliyatida asosiy mahsulot yoki Tovar sotib olingan vaqtda “ 
sotib olish” hisobidan foydalaniladi. 
4. Biznes tashkilotimol yetkazib beruvchidan kreditga chakana savdo tovari 
sotib oldi. (mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa biznes tashkilotlariga 
tovar va mahsulotlarini qarzga beradi) Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra 
quyidagicha aks etadi: 
Debit : sotib olish hisobi. Kredit: Kreditor hisobi. 
Maqsad: bu operatsiyada sotib olish hisobida Tovar qabul qilindi, biroq mol 
yetkazib beruvchi sotilgan Tovar uchun hali pul olmadi kredit hisobi kreditlanadi. 
Kredit hisobi to‘lab berish hisobi shaklida. 
5. biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi. Ikkiyoqlama 
yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: 
Debit: naqd pul hisobi. Kredit: sotish hisobi. 
Maqsad: naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul qilinadi. Sotish 
hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi.
6. Biznes tashkiloti chakan savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo xaridor 
hali pulni to‘lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: 
Debit: debitorlik hisobi. Kredit: Sotish hisobi. 


63 
Maqsad: Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko‘rsatgan biznes uchun 
pul mablag‘ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi. Debitorlik hisobining 
boshqacha nomlanishi olinadigan hisob varaqlar deyiladi. Bu vaziyatda debitor 
mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun uning hisob raqami debitlanayapti. Sotish 
hisobi kreditlanadi, mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko‘rsatadi.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling