55
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda
oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari
buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi.
Ushbu ma’lumotlar
qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir
schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki
passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi.
Hisobot davri ichida
schyotning debet qismida yozilgan summalar
debet oborot,
kredit qismiga
yozilgan summalarni
kredit oborot deb ataladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan asosiy maqsad amalga
oshirilgan xo‘jalik
muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni
soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat
ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir.
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: