49
bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi.
Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z
faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav
kapitali ta’sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa
mol-mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo.
Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqti-
vaqti bilan tuzilib turiladi (oylik, choraklik, yarim yillik, yillik).
Xorijiy adabiyotlarning ma’lumotlariga asosan buxgalteriya balansi
tuzilishdan oldin sinov balansi qayd qilinadi.
Sinov balansi – barcha hisob-kitoblarlarning debet va kredit qoldig‘ining
natijasidir. Sinov balansida debet tomonidagi so‘mma
kredit tomonidagi
so‘mmaga mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi kunida
tayyorlanadi.
13
Sinov balansi yordamida bir tashkilotning moliyaviy hisobotlarni chizish
mumkin va bu keng qamrovli muvozanat ro‘yxatini beradi. Masalan, savdo
faoliyatida yalpi foyda aniqlash uchun
foyda va zarar tahlil qilinadi, xulosa
qilishga tayyor hisobot tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: