44
korxonaning faoliyati ushbu operatsiyalardan tashkil topadi.
Korxona omboriga
materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor
mahsulot qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi
va sotilgan mahsulot
uchun pul mablag‘i olindi, yana xom-ashyo materiali sotib olindi, xodimlarga ish
haqi to‘landi, olingan foydadan soliq, yig‘im va to‘lovlar to‘landi.
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mulk tarkibi yoki
uning tashkil topish manbai
yoki bir vaqtning o‘zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o‘zgarishlarga
olib keladi.
Barcha xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya balansiga ta’sir ko‘rsatadi va
balansda to‘rt tipdagi o‘zgarishga olib keladi.
3-jadval
Hisobot davrining boshiga korxona qisqartirilgan balansi
(ming so‘m)
Aktiv
Summa
Passiv
Summa
Asosiy vositalar
1 200 000 Ustav kapitali
1 250 000
Tovar-moddiy zaxiralar
600 000
Taqsimlanmagan foyda
450 000
Hisob-kitob schyoti
750 000 To‘lanadigan schyotlar
848 750
Kassa
10 Byudjetga qarzlar
1 260
Balans
2 550 010
Balans
2 550 010
Birinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip, tur)ga
kiruvchi muomalalar ta‘sirida
balansning aktiv qismida o‘zgarish sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir
modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning
umumiy summasi esa o‘zgarmaydi. Shunday bir xo‘jalik
operasiyasi natijasida
balansning aktiv moddalarida o‘zgarish yuz beradi. O‘zgarish natijasi balansning
umumiy summasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
9
Misol: Ishchi va xizmatchilarga ish haqi
berish uchun hisob-kitob
schyotidan kassaga 50 000 ming so‘m pul olib kelindi. Kassa schyoti 50 000 ming
so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50 000 ming so‘mga kamayishi sodir
bo‘ladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
9
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 23 p.