O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Joriy aktivlar. Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari
joriy aktivlar deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar 
(BDT), inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa 
muddatlai investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib 
hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar 
ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi. 
Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi 
ishtirokchilar va kreditorlarning da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib 
beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes 
qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi.
Majburiyat - bu kompaniyaning moliyaviy qarzi yoki o‘z faoliyati davomida 
paydo bo‘lgan majburiyatlar. Joriy majburiyatlari
8
- joriy aktivlari kabi, joriy 
majburiyatlar balans tuzilgan kundan boshlab firma tomonidan bir yil ichida 
to‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi. 
Joriy majburiyatlar o‘z ichiga turli kreditorlik qarzlari, to‘lanadigan 
xarajatlar, to‘lanadigan banknotalar, qisqa muddatli qarzlar, xaridorlardan avans 
va hokazo.
Xususiy kapital barcha qarzlar va majburiyatlar to‘langandan so‘ng umumiy 
aktivlarning balans qiymati. Bu balans biznes tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Buxgalteriya balansi yordamida korxona mablag‘larining joylanishi va 
ularining tashkil topish manbalarining bir-biriga tengligi ta’minlanadi, ya’ni balans 
summasi aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. 
7
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 22 b. 2014. 
8
Learn Financial Accounting financial accounting basics tutorials point simply easy learning. 32-37 b.
 


42 
Buxgalteriya balansi 60-yillarda aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha besh 
bo‘limdan tashkil topgan bo‘lsa, 80-yillarda 3 bo‘limdan va hozirgi paytda ikki 
bo‘limdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli 
buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar 
tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar (bank, sug‘urta va 
byudjet tashkilotlaridan tashqari) yagona shakldagi buxgalteriya balansini 
tuzadilar. 
Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval 
ko‘rinishida keltirish mumkin. Buxgalteriya balansini qisqacha tuzilishini quyida 
ko‘rish mumkin.
2-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling