O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
2.5. Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari 
 
Konseptual qoidalar tizimi 1980 yillarda Moliyaviy Buxgalteriya 
Standartlari Qo‘mitasi va Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi tomonidan 
AQSH, Kanada va Avstraliyada yaratilgan. Xalqaro moliyaviy hisobotlar standarti 
(IFRS) qoidalar tizimida vazifalari, o‘ziga xosligi va chegarasi yozib qo‘yilgan 
qaysi moliyaviy hisob va qayd qilish ajratiladi. 
Buxgalteriya konseptual qoidalar tizimi mavjud amaliyot tizimlarini 
rivojlangan yangi amaliyotlar bilan tayyorlanishini qabul qilinishini belgilab 
beradi. Konseptual qoidalar tizimi buxgalteriya ishi tomonidan cheklovlarni o‘z 


33 
ichiga oladi. Bu moliyaviy hisobotlar tayyorlashning obyektlari, hisobotning sifat 
harakteri, moliyaviy hisobotning elementlari va boshqarish ishlarini o‘z ichiga 
oladi. Boshqarish ishlari mahsulotlarni tan olish, hisobotda qiymatlarning o‘lchovi, 
moliyaviy hisobotning taqdimoti va korxonaning hisoboti tayyorlanishini qamrab 
oladi. U yana yuqorida har bir qismda eslatib o‘tilgan qoidalar, prinsiplar va 
cheklovlarni ifoda etadi. 
Konseptual qoidalar tizimining 4 ta o‘rganilishi kerak bo‘lgan talablari.
1. Chegaralash nima moliyaviy hisobotda ichiga olingan bo‘lsa. 
2. Yangi imkoniyatlarga ro‘baro kelish uchun buxgalteriya sohasini 
yaratmoq. 
3. Buxgalteriya amaliyotini oqilona tashkil etish. 
4. Korxonaga o‘lchovlarni va faoliyat metodlarini tanlashda imkoniyat 
bermoq.
4
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” 
nomli BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: 
– hisoblash; 
– ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish; 
– uzluksizlik; 
– xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash; 
– ishonchlilik; 
– ehtiyotkorlik; 
– mazmunning shakldan uzunligi; 
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; 
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik; 
– hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi; 
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 
– tushunarlilik; 
– ahamiyatlilik; 
4
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014. 7 b. 


34 
– jiddiylik; 
– haqqoniy va xolis taqdim; 
– tugallanganlik; 
– izchillik; 
– o‘z vaqtida taqdim etish
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan 
moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik 
faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni 
ta’minlaydi 
Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va 
kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki 
to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya 
bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita schyotlarida - 
bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi. 
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni 
belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning 
o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, 
zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha 
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish 
maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga 
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. 
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob 
hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. 
Ehtiyotkorlik – qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish 
aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa 
yyetarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho 


35 
chiqarish uchun zarurdir. 
Mazmunining shakldan ustunligi – agar hisob-kitob hujjatlarida va 
moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini 
ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina 
emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi 
hamda taqdim etilishi zarur. 
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli 
bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan 
qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob siyosatidan, ana shu 
siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan 
xabardor bo‘lishlari lozim. 
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot 
ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim. 
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot 
davrida bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, 
mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan 
xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita 
bogliqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq 
bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga 
taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi – aktivlar va majburiyatlarning 
haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish 
qiymati asosiy bahodir. 
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish 
qiymatidan farq qilishi mumkin. 
Tushunarlilik – hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot 
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. 
Ahamiyatlilik – moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish 


36 
jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda 
xo‘jalik faoliyatiga baho berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. 
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘g‘ri taqdim etish axborotdan 
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy 
qarorlariga ta’sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning 
mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi 
mumkin. 
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari 
harakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak. 
Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash 
maqsadida axborot yyetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak. 
Izchillik – hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi, 
deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning 
moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. 
O‘z vaqtida taqdim etishhisobot axborotining asossiz darajada 
kechiktirilishi bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z 
vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari 
ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning 
ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum 
bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga 
katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur 
bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish 
maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini 
qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling