O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Mablag‘larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
2.4. Mablag‘larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi 
bo‘yicha turkumlanishi 
Har bir korxona tashkil qilinish davrida o‘z faoliyatining hajmi va 
harakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga 
vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan 
olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki 
maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan fondlardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan 
foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga 
egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lar ma’lum 
maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga 
mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga 
oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining tusi (xarakteri) mulkchilikning shaklini aks 
ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat 
fondidan (davlat korxonalari) yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa 


29 
korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari va qanday 
maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘z 
mablag‘lari, qarzga olingan (jalb qilingan) mablag‘lar. 
O‘z mablag‘lari davlat korxonalarida, faoliyatining hamma davrida beriladi 
va unga biriktirib qo‘yiladi. 
 
 
4-rasm. Mablag‘lar tashkil topish manbalari tarkibi 
Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik 
shaklidagi korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning 
qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi. 
Kapital (fond)lar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda 
korxonaning ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali (fondi) va zaxira 
vaqtbay

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling