O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
37 O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Buxgaletriya hisobining qanday uslublari mavjud? 2. Buxgalteriya hisobi nima? 3. Buxgalteriya hisobiga qanday talablar qo‘yiladi? 4. Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 5. Buxgalteriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat? 6. Buxgalteriya hisobining maqsadini tushuntiring. 7. Buxgalteriya hisobining predmetiga ta’rif bering. 8. Buxgalteriya hisobining qanday obyektlari mavjud? 9. Buxgalteriya hisobining qanday tamoyillari mavjud? 10. Buxgalteriya hisobining vazifalari nimalardan iborat? 38 39 3-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI 3.1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va ahamiyati Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Buxgalteriya balansini iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir. “Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan. Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi: 1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schyotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schyot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schyotga tegishli analitik schyotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi; 2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi. Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga etarli ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotlarda mablag‘larning joylanishi ularni moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati 40 yuqori. Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli faoliyat ko‘rsatish jarayonida xom-ashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling