O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


  4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 


66 
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish 
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri 
yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va 
jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir. 
Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har 
oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta 
obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki 
hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi 
ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma 
qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi. 
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari 
yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan 
bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 
1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 
2. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 
Aylanma 
vedomostlarida 
obyektlarning 
boshlang‘ich 
qoldig‘i, 
oy 
davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi. 
Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet 
oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich 
qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi. 
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birlariga tegishli tartibda teng 
keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha 
boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida 
keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida 
bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. 
Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas
chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. 


67 
Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab 
shartlanadi. 
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida 
ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari 
quyidagicha shaklda bo‘ladi. 
10-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling