O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

qoldiq 
Kirim 
Chiqim 
Oxirgi 
qoldiq 
m
iq
d
or

su
m
m
a
 
m
iq
d
or

su
m
m
a
 
m
iq
d
or

su
m
m
a
 
m
iq
d
or

su
m
m
a
 
4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 
Schyotlar rejasi - buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy 
tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab 
beradi. 
Amaldagi schyotlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2002 
yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi 
buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va 
uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilingan. 
Ushbu standart, mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab ijro etila boshladi. 
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash 
mumkin. 
Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: 
I. 
Uzoq muddatli aktivlar; 
II. Joriy aktivlar; 
III. Majburiyatlar
IV. Joriy kapital; 


69 
V. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 
VI. Balansdan tashqari schyotlar. 
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy 
hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism “Moliyaviy natijalarning 
shakllanishi va ishlatilishi” schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobot 2-shakl tuziladi. 
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib 
ko‘rsatilgan: 
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar; 
3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy 
qismi; 
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy 
aktivlar; 
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 
8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 
9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga 
mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga 
mos keladi. 
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, 
ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) 
bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9- 
bo‘lim) bo‘limdan iborat. 
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va 
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo 


70 
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. 
Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir 
shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini 
anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va 
foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan 
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan 
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar 
rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar 
rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona 
umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar 
rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar 
miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari 
hisobini ta’minlashi kerak. 
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga 
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling