O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Amortizatsiya qilinadigan qiymat qanday yuzaga keladi? 
2. Asosiy vositalarni qanday baholash turlari mavjud? 
3. Asosiy vositalarni qiymatini shakllanishida qanday baholar yuzaga keladi? 
4. AVECO usul nimasi bilan qulay hisoblanadi? 
5. Baholash nima va uning ahamiyati nimalardan iborot? 
6. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga qarab xarajatlar qanday turkumlanadi? 
7. Dastlabki qiymat nima? 
8. Jahonda qo‘llaniladigan baholash turlari. 
9. Joriy qimat qanday yuzaga keladi? 
10. Kalkulyatsiya nima va uning ahamiyati nimadan iborot? 
11. Kalkulyatsiya schyotlariga qaysilar misol bo‘ladi? 
12. Materiallarni baholashni qanday turlari mavjud? 
13. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan maqsad nima? 
14. Nomoddiy aktivlarni qanday baholari mavjud? 
15. Tugatish qiymatini qo‘llashda nimaga e’tibor qaratiladi? 
16. Xarajatlar nima va ular qanday turkumlanadi? 
17. Xarajatlarni qanday turlari mavjud? 
18. Xarid bahosi va dastlabki qiymat o‘rtasida qanday farq mavjud? 


89 
19. Aosiy vositalarning kirimi qanday amalga oshiriladi? 
20. Ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari nimalardan iborat? 
21. Ishlab chiqarish jarayonida nimalar ishtirok etadi? 
22. Mahsulot sotish jarayoni hisobi qanday amalga oshiriladi? 
23. Sotish jarayoni hisobi vazifalari nimalardan iborat? 
24. Ta’minot jarayoni hisobining vazifalari nimalardan iborat?
25. Xarajatlarni qanday turlari mavjud?


90 
6-BOB. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA 
 
6.1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha 
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning 
ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek 
hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda 
zaruriydir. 
Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan 
foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo‘lgan har bir xo‘jalik 
muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi 
ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma’lumotlar korxonada sodir 
bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarining ishonchliligini ta’minlaydi. 
Xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish korxonani operativ boshqarishga 
samarali ta’sir ko‘rsatadi, boshqaruv xodimlarining o‘z vazifalarini suiiste’mol 
qilmasdan, vijdonan bajarishini ta’minlaydi. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri 
bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd 
qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir. 
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda 
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, 
mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik 
muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning 
mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak. 
Buxgalteriya hisobida hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va aks ettirish, 
shuningdek korxonada hujjatlar aylanishi tartibi maxsus Nizom
18
da belgilangan. 
Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi 
kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni 
buxgalteriya hisobida kechiqib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur 
18
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 14.01.2004 yilda 1297-son bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan. 


91 
masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush 
oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj 
qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomala-
lariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh 
buxgalter tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. 
Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul 
ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar 
ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi 
grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling