O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar
- Dastlabki hujjat
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari, deb buxgalteriya xodimlari
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni engillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu kabilar kiradi. Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi. Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash xollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash 94 ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan. Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi. Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir. Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb, bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi. Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi. Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi. Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari birlashtirilgandir. 95 Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni chetga yoki qayta ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi. Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va engillashtiradi va provardida hisob bosma ish qog‘ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan. Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb, sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisboti bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitantsiyalar va boshqalarni kritish mumkin. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling