93
hujjatlarni vujudga keltiradi.
Isbotlovchi
(yoki
tasdiqlovchi)
hujjatlar
deb
amalga
oshirilgan
muomalalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir
bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi
bosqichini anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan
moddiy boyliklarni
rasmilashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi yoki
hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni
nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi
funktsiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi
farmoyishlar unsurlari
bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham
birlashib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik
muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: