O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari
tannarx, foyda, savdo, kredit, moliyalarni qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o‘lchash ishlab chiqarishning rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni olish, korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat hisob - kitobi printsplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat qiymat o‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi – muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat miqdori haqida umumiy ma’lumot olish mumkin. 76 Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi. Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob- kitob va to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan belgilanadi. Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 4-son BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida yoki sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda baholanadi. Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish xarajatlarini, transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi. Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga 77 tushgan bo‘lsa, ularni qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy qiymatliklar sotish bahosida baholanadi. Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib qolgan va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati pasaytiriladi. To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) baholarda sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya hisobini yuritishda muhimlilik tomoyillari ta’minlanadi. Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati (Boshlang‘ich qiymat) bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi. Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5-son“Asosiy vositalar” nomli BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug‘i 9.10.2003 y., O‘zR AVda 20.01.2004 y. 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati. Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha 78 qabul qilinadi: a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – tomonlarning kelishuvi bo‘yicha; b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda; c) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi. Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa. Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati. Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni (hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiyalash va qisman tugatish hamda qayta baholash hollarida ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001 y. 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari 79 to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni ularning qiymatini joriy baholarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar. Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan korrespondentsiyalanadi. Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valyutasida aniqlangan asosiy vositalarni baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi. Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin. Sof realizatsiya qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi. 4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006 y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006 y. ro‘yxatga olingan): 80 13-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni, ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’iy nazar, mos keladi. AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarhini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarh mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi. FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish. FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling