D. Q. Usmanova


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi




 
 
 
D.Q.USMANOVA 
 
 
 
 
BUXGALTERIYA 
HISOBI 
 
 
O
O


Q
Q
U
U
V
V
 
 
Q
Q
O
O


L
L
L
L
A
A
N
N
M
M
A
A
 
 
 
 
 
 
 
SAMARQAND – 2020 



D.Q.Usmanova Buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, 
SamDU, 2020. -388 bet. 
 
 
Taqrizchilar: 
iqtisod fanlari doktori, professor Q.Mirzayev
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.Raxmonov 
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Buxgalteriya hisobi» fanining o‘quv dasturi asosida 
tayyorlangan. Unda Buxgalteriya hisobi va hisobotining konseptual asoslari
aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning hisob va hisobotda aks ettirilish 
xalqaro hamda milliy standartlarga asoslangan holda ochib berilgan.
Oliy o‘quv yurtlarida 5230100 – «Iqtisodiyot», 5111000 – “Kasb ta’limi 
iqtisodiyot” 5231700 - “Kadrlar menejmenti” mutaxassisliklari bo‘yicha 
bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan.
Samarqand Davlat universiteti ilmiy kengashining 2020 yil ___
________dagi yig‘ilishi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan
 
 
 
@ D.Usmanova, Samarqand, SamDU, 2020 



Kirish 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka 
asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik 
yurituvchi subektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. SHu munosabat bilan 
xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va 
uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning 
dolzarb vazifalaridan biridir. 
Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi 
subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy-
moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish 
bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
iqtisodiy faoliyatini makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab 
chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka 
erishish uchun muhim bo‘lgan qarorlar qabul qilish “Buxgalteriya hisobi” fanining 
metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Tahlil natijasida 
olingan muhim qarorlar bevosita xo‘jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash 
bo‘lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo‘jalik 
faoliyatiga bo‘lgan qiziqishiga hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga 
zamin yaratadi.
SHu jihatdan “Buxgalteriya hisobi” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar 
bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga 
olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal 
o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi. 
“Buxgalteriya hisobi” fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya hisobi, 
iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, 
shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar 
uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan 
qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, 



amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi 
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. 
Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos 
keladigan, O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini 
ta’minlovchi qonun zarur edi.
1
Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, 
buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish 
va baholashning asosiy prinsiplari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalning 
hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, maqsad va talablarni 
belgilab berishini talab etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy 
hujjatlar barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun hisob siyosati me’yorlarini 
huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
2
SHu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib 
chiqib, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo‘yicha malakali 
kadrlar tayyorlash hamda ularni o‘qitishni talab qiladi. SHu jihatdan, 
«Buxgalteriya hisobi» fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan 
talabalar, buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish 
muammolarini yechishga qaratilganligidir. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida “Buxgalteriya hisobi», 
«Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv 
adabiyotlari tahlil qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (O.Bobojonov va 
K.Jumaniyozov. Darslik, 2002y), «Buxgalterskiy upravlencheskiy uchet» 
(M.A.Vaxrushina. Uchebnik, 2000g), «Buxgalteriya hisobi» (Karimov A, 
F.Islomov. A.Avloqulov. Darslik, 2004y), «Zamonaviy buxgalteriya hisobi» 
(A.Sotivoldiev. Darslik, 3-tom, 2004y), Buxgalterskiy uchet (N.G.Kondrakov. 
1
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni(yangi tahriri) 2016 yil 13 aprel.
2
O‘zR VMning «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom». 1999y 5-fevraldagi 54-sonli qarori; 
(2017-yildagi yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasining 0-23-sonli «Buxgalteriya hisobining milliy 
andazalari». 1998-2005 yillar. 



Uchebnik, 2004g), Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari 
(S.Voxidov. O‘quv qo‘llanma, 2004y), Moliyaviy hisob (I.Ochilov. O‘quv 
qo‘llanma, 2004y), Moliyaviy buxgalteriya hisobi (K.O‘rozov. O‘quv qo‘llanma, 
2013y.), Boshqaruv hisobi, (Pardaev Pardaeva. Darslik. 2014y.) kabi o‘quv 
adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning xorijda chop etilganlari bizda amal 
qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko‘ra va ular namunaviy o‘quv 
dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur 
asosida yozilgan bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishlariga 
mo‘ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o‘quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot 
yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga «Buxgalteriya hisobi» fani sifatida 
o‘qitilishi, ushbu fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlashni taqozo qilmoqda. SHu 
boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy 
o‘quv rejasiga mos kelmasligidir.
Albatta yuqorida sanab o‘tilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yuqori saviyada 
yozilgan o‘quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular nazariy-amaliy ahamiyatga 
egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatiga 21-
sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham qayta ishlashni taqozo 
qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subektlarda xo‘jalik jarayonlarini yangi 
schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari yaratildi. SHu 
bilan birga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari tomonidan o‘quv 
rejasiga ko‘ra 2017-yilda yangi na’munaviy dastur ishlab chiqildi. SHu boisdan 
“Buxgalteriya hisobi” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratish ehtiyoj sezilganligi uchun 
mualliflar tomonidan mazkur o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. 
SHunday qilib, mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quv rejasiga ko‘ra, iqtisodiyot, 
kasbiy ta’lim va kadrlar menejmenti yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavriat 
talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Moliyaviy 
hisob” va “Boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv tahlili” va “Moliyaviy tahlil”, “Moliya 
va kredit”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Menejment”, “Marketing”, “Statistika” 
kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling